Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:16

Sharof Ubaydullaev nega Davlat maslahatchisi Xayriddin Sultonovga qo‘l bermadi?


OzodNazar - Sharof Ubaydullaev - Ozod Nazar Uzbekistan
OzodNazar - Sharof Ubaydullaev - Ozod Nazar Uzbekistan

Bu savolni publitsist Sharof Ubaydullaevning o‘ziga berdik. Gap shundaki, O‘zbekiston xalq shoirasi Halima Xudoyberdieva so‘nggi yo‘lga kuzatilgan kunning ertasidan boshlab Toshkentdagi bir necha manbadan Ubaydullaev bilan Sultonov o‘rtasida shoiraning uyida mojaro sodir bo‘lgani to‘g‘risida biri biridan rangin gaplar kela boshladi.

O‘shandan beri ayrim nashrlar ham bu mojaro haqida yoza boshladi.

O‘shandan beri Prezident ma’muriyatida o‘zgarishlar bo‘lib o‘tdi. Davlat maslahatchisi Xayriddin Sultonov boshqa lavozimga o‘tkazildi.

Kunning boshqa muhim voqealariga oid shaxsiy qarashlari bilan o‘rtoqlashib bo‘lganidan so‘ng Sharof Ubaydullaevdan uning Xayriddin Sultonov bilan mojarosi tafsilotlarini so‘radik.

Bir qarashda bu mojaro ikki shaxsning o‘rtasidagi xos mojaro bo‘lib ko‘rinar. Lekin tomonlarning biri yuqori lavozimli davlat mulozimi ekani nazarda tutilsachi?

Ubaydullaev bilan suhbatni tinglashingizdan oldin shuni eslatib qo‘ymoqchimizki, u kishining aytganlari faqat bir tomonning fikridir. Haqiqat esa, odatda, o‘rtada bo‘ladi. Shu sababli ikkinchi tomon uchun yoki uning vakili uchun ham mikrofonimiz doim ochiq.

Шароф Убайдуллаев нега Давлат маслаҳатчиси Хайриддин Султоновга қўл бермади?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:31:48 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG