Линклар

Шошилинч хабар
16 июн 2024, Тошкент вақти: 04:00

Davlat departamenti: O‘zbekiston islohotlarda sobit ekanini isbotlamoqda


Davlat departamenti matbuot kotibi Xizer Nauer.
Davlat departamenti matbuot kotibi Xizer Nauer.

AQSh Davlat departamenti O‘zbekistonda so‘nggi o‘n yillikda birinchi marta AQSh nodavlat tashkiloti ro‘yxatdan o‘tkazilganini olqishladi.

Давлат департаменти: Ўзбекистон ислоҳотларда собит эканини исботламоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:16 0:00

Davlat departamenti matbuot kotibi Xizer Nauer Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika kengashlariga O‘zbekistonda faoliyat yuritishga ruxsat berilishini AQSh strategik hamkorlikning rivojlanayotgani sifatida baholayotganini bildirdi:

-Bu so‘nggi 15 yilda O‘zbekistonda birinchi marta ro‘yxatdan o‘tkazilgan Amerika nodavlat tashkiloti bo‘ldi. Bu voqea Qo‘shma Shtatlar va O‘zbekiston o‘rtasida strategik hamkorlikning rivojlanayotgani, shuningdek, O‘zbekiston hukumatining sezilarli islohotlar o‘tkazishda sobitligi va xalqaro hamkorlikka intilishi belgisidir, -dedi Xizer Nauer.

29 avgust kuni Adliya vaziri o‘rinbosari A.Toshqulov AQShning O‘zbekistondagi elchisi Pamela Spartlenga Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika kengashlari (American Councils for International Education-ACIE)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi davlat ro‘yxatidan o‘tganligi haqidagi guvohnomani topshirgani xabar qilingan edi.

Markazi Vashingtonda joylashgan Amerika kengashi dunyo bo‘ylab ta’lim dasturlari¸ asosan ingliz tilini o‘qitish va talabalar almashinuvi bilan shug‘ullanadi.

Xizer Nauer o‘z bildiruvida O‘zbekiston bundan buyon ham islohotlarni davom ettirishiga, jumladan, diniy erkinlikni ta’minlash yo‘nalishida samarali qadamlar tashlanishiga umid qilinayotganini ta’kidlab o‘tdi:

-Esingizda bo‘lsa, Davlat departamenti iyul oyida bu davlatni diniy erkinliklarga bag‘ishlangan anjumanga taklif qilgan edi. Bu O‘zbekiston hukumati tomonidan diniy erkinliklarni yaxshilashga qaratilgan so‘nggi harakatlar e’tirof etilayotganini anglatadi. Biz O‘zbekiston hukumati prezident tomonidan e’lon qilingan islohotlarni amalga oshirishda sezilarli olg‘a siljishlarga erishayotganini olqishlaymiz,-dedi Nauer.

Vashingtonda o‘tkazilgan diniy erkinlikka bag‘ishlangan vazirlar anjumanida O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov yetakchiligidagi delegatsiya ishtirok etgan edi.

Joriy yilning may oyida AQSh Davlat departamenti O‘zbekistonda diniy erkinliklar vaziyatini yaxshilashga qaratilgan qadamlar tashlanayotganini olqishlagan holda, bu jarayon sekinlik bilan olib borilayotganini e’tirof etgan edi.

Davlat departamentining may oyida e’lon qilingan hisobotida O‘zbekiston diniy erkinlik hamon cheklangan mamlakatlar ro‘yxatida qoldirilgan edi.

Shavkat Mirziyoev hokimiyatga kelgandan keyin 2005 yilgi Andijon voqealari ortidan O‘zbekistondan haydalgan xalqaro tashkilotlar O‘zbekistonga qaytish harakatini boshladi.

2017 yil sentabrida O‘zbekistonda faoliyati sud tomonidan taqiqlangan Human Rights Watch delegatsiyasi 7 yillik tanaffusdan so‘ng Toshkentga bordi.

Joriy yil may oyida Amnesty International delegatsiyasi ham keyingi 14 yil ichida birinchi bor O‘zbekistonga safar qildi.

XS
SM
MD
LG