Линклар

Шошилинч хабар
20 январ 2021, Тошкент вақти: 13:00

Beshariqda qariyb 40 mardikor ayol tushgan avtobus zovurga ag‘darildi, 7 kishi jonlantirish bo‘limiga yotqizildi


Illyustrativ surat

Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanida aksari ayollar va yosh bolalar bo‘lgan 40 nafarga yaqin mardikor ishchini meva terimiga olib borayotgan avtobus halokatga uchrashi oqibatida kamida 7 kishi jarohatlandi.

30 avgust kuni yuz bergan halokat guvohlarining Ozodlikka aytishicha, "Mersedes" rusumli, 18 o‘rindiqli avtobus yo‘l chetiga chiqib ketib, zovurga ag‘darilgan.

Avtoulovda bo‘lgan qirqqa yaqin yo‘lovchi turli jarohat olgan, shulardan 7 nafari og‘ir ahvolda Beshariq tuman Tibbiyot birlashmasining shoshilinch yordam markazi reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.

Shifokorlarga ko‘ra, ularning hayoti xavf ostida emas.Beshariq Tibbiyot birlashmasi shifokori bunday dedi:

- Boshi yorilgani bor, qovurg‘asi singani bor. Bolalar orasida qo‘rqib qolganlari bor. Ularga lozim yordam ko‘rsatilyapti.

Beshariq tuman Ichki ishlar bo‘limi avtobus halokati yuzasidan tergov ishlari olib borilganini aytdi:

- Haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘ldan chiqib ketgan, hozir bu bo‘yicha tergov olib borilyapti.

Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha, avtobus haydovchisida yo‘lovchi tashish uchun litsenziya bo‘lmagan.

Avtobus halokatida jabr ko‘rgan ayollardan biri qarindoshining Ozodlikka aytishicha, ular yosh bolalari bilan Beshariq tumanining Tovul qishlog‘idan O‘zbekiton tumanining O‘qchi massividagi fermer xo‘jaligida shaftoli terishga ketayotgan bo‘lgan:

- Bizning tumanda ish yo‘q. Shuning uchun ko‘pchiligining eri Rossiyada. Bolalari bilan 30 ming so‘mlik kunlik haq uchun qo‘shni tumanga meva tergani ketayotgan bo‘lishgan. Avtobus ag‘darilib, Zovurga tushib ketgan. Hozir yetti nafari og‘ir ahvolda yotibdi. Ag‘darilgan avtobusning ichida o‘nga yaqin bola ham bo‘lgan, ular ham jarohatlanib, ayrimlari qattiq shokda.

Bu so‘nggi uch oy ichidagi Ozodlik xabar bergan to‘rtinchi avtobus halokatidir.

Shu yilning may oyi ohirida Buxoroda ellikka yaqin yo‘lovchini olib ketayotgan avtobus ag‘darilishi oqibatida 19 odam tan jarohatlari olib kasalxonaga yotqizildi.

Iyul oyida Toshkentning Rohat avtosaloni olddagi yo‘lda "Isuzu" avtobusi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yetti kishi, Bobur ko‘chasida esa o‘ttizga yaqin yo‘lovchini olib ketayotgan "Man" avtobusi daraxtga borib urilishi oqibatida o‘ndan ortiq kishi jarohat olgan edi.

XS
SM
MD
LG