Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 18:40

FHDYO binosida er xotinini so‘yib qo‘ydi


 Illyustrativ surat.
Illyustrativ surat.

5 sentabr kuni Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumani fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish - FHDYo (ZAGS) binosida 26 yashar yigit o‘z xotinini pichoqladi. Huquq-tartibot idoralaridan olingan ma’lumotga ko‘ra, ayol olgan jarohatlari bois, shifoxonada olamdan o‘tgan.

8 sentabr kuni Ozodlikka xabar qilgan dang‘aralikka ko‘ra, voqea 5 sentabr kuni tuman markazidagi FHDYo bo‘limi binosida sodir bo‘lgan.

“Bu yigit Oqjar qishlog‘idan. O‘sha kuni U ZAGSga xotini bilan ajrashish uchun borgan ekan. O‘sha paytda ikkalasi janjallashib ketib, yigit yonidan pichoq chiqarib, xotinini so‘yib tashlagan. Keyin voqea joyidan qochib ketgan. Lekin keyin o‘zi militsiya bo‘limiga borib, o‘zini topshirgan”, deydi voqea tafsilotlaridan xabardor dang‘aralik.

Dang‘ara tuman huquq-tartibot idoralaridan olingan ma’lumotga ko‘ra, 26 yashar oqjarlik yigit hozirda hibsga olingan bo‘lib, Qo‘qon shahar Ichki ishlar bo‘limining tergov izolyatorida ushlab turilibdi.

“Qotillikni sodir etgan fuqaro 1992 yilda tug‘ilgan bo‘lib, uning turmush o‘rtog‘i 1993 yilda tug‘ilgan. Ular 5 oy avval janjallashib qolishgan va xotini uyiga ketib qolgan. Lekin hali ajrashmagan ekan. Shunga qaramay xotini boshqaga erga tegib ketibdi. 5 sentabr kuni er-xotin ZAGSga qonuniy ajrashish maqsadida borishgan. O‘sha yerda er-xotin uchrashgach, janjallashib ketishgan. Er yonida bo‘lgan pichog‘i bilan xotiniga bir necha bor tan jarohati yetkazgan. Ayolni shifoxonaga olib borishgan, biroq pichoqdan olgan jarohatlari og‘irligi bois olamdan o‘tgan”, dedi Dang‘ara tumanidagi huquq-tartibot idoralaridan birining mulozimi.

(Yigit va uning marhum xotinining ism-sharifi Ozodlikka ma’lum. Biroq tergov harakatlari ketayotgani bois ular ochiqlanmayapti. Tahr.)

Ushbu voqea yuzasidan Dang‘ara tuman prokuraturasi jinoiy ish qo‘zg‘agan. Hozirda tergov-surishtiruv ishlari davom etayapti.

O‘zbekistonda oilaviy janjal oqibatida er xotinini ona farzandlarini so‘yib qo‘ygani xolatlari haqida Ozodlik avval ham bir necha bor xabar bergan.

Jumladan, uch hafta avval Yangiyo‘lda Qurbon hayiti kuni er xotinini pichoqlab o‘ldirdi. Hodisa Yangiyo‘ldagi "Sherdor" to‘yxonasiga yaqin mahalladagi xonadonlardan birida sodir bo‘ldi. Voqea guvohlarining Ozodlikka aytishicha, 35 yoshli fermer jahl ustida xotinini bo‘g‘izlagan, bir necha pichoq zarbidan ayol voqea joyida jon bergan.

Янгийўлда Қурбон ҳайити куни эр хотинини пичоқлаб ўлдирди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:35 0:00

O‘tgan yil Xorazmda ayol 7 va 10 yoshli farzandini pichoqlab o‘ldirgan edi.

2017 yil avgustida Samarqandning Toyloq tumanda esa er xotinini o‘ldirib, jasadini hali qurib bitkazilmagan do‘kon uchun tayyorlangan xonaning burchagida bir metr chuqur qazib, ko‘mgani haqda Ozodlik xabar bergan edi.

Xorazmning Shovot tumanida esa o‘tgan yil noyabr oyida 36 yoshli erkak o‘z turmush o‘rtog‘ini qishloq chekkasidagi dalaga olib borib, pichoqlab o‘ldirib, keyin ustiga benzin sepib yoqib yuborgandi.

Samarqandning Bulung‘ur tumanidagi Pastki Qo‘shtamg‘ali qishlog‘ida ayol piyonista erini pichoqlab o‘ldirgani haqida ham Ozodlik xabar bergan edi.

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 2017 yilda oilaviy janjal oqibatida er xotinini, xotin erini o‘ldirgani bilan bog‘liq etmishdan ziyod xolat qayd etilgan.

Shulardan 61 tasida er xotinini, 10 tasida esa, xotin erini o‘ldirgan.

XS
SM
MD
LG