Линклар

Шошилинч хабар
21 декабр 2025, Тошкент вақти: 15:57

Rossiyada mahalliy saylov kuni pensiya islohotidan norozilar ushlandi (VIDEO)


2 sentabrda Barnaul shahrida pensiya yoshini oshirish bo‘yicha taklifga qarshi norozilik namoyishi o‘tkazilgan edi
2 sentabrda Barnaul shahrida pensiya yoshini oshirish bo‘yicha taklifga qarshi norozilik namoyishi o‘tkazilgan edi

Rossiyalik saylovchilar mintaqaviy va mahalliy saylovga yo‘l oldi. Ushbu siyosiy tadbir hukumatning pensiya yoshini oshirishga oid ziddiyatli rejasidan xalq norozi bo‘lgan paytda o‘tdi.

Rossiya bo‘ylab saylov uchastkalari 9 sentabrda ochildi. Ushbu saylovda uning 85 ta ma’muriy bo‘linmasidan 21 tasi, jumladan, Moskva shahrida ijroiya hokimiyati rahbarlari, 16 ta hududda qonun chiqaruvchi organlar vakillari, boshqalarida esa shahar hokimlari va boshqa mahalliy lavozimdagi kishilar saylanadi.

Saylov prezident Vladimir Putin bilan bosh vazir Dmitriy Medvedev hukumatiga pensiya yoshini erkaklar uchun 60 yoshdan 65 yoshga, ayollar uchun 55 yoshdan 63 yoshga oshirish taklif qilingandan beri ilk yirik sinov bo‘ladi. Keyinchalik Putin ayollarning pensiyaga chiqish yoshini 63 dan 60 yoshgacha tushirdi.

Muxolifat yetakchisi Aleksey Navalniy saylov bo‘ladigan 9 sentabr kuni butun Rossiya bo‘ylab pensiya islohotiga qarshi norozilik namoyishlari o‘tkazishga chaqirdi.

Rejalashtirilgan namoyishlardan oldin Rossiya hokimiyat idoralari Navalniyning bir necha mashhur safdoshlarini hibsga oldi. O‘zi 30 kunlik qamoq jazosini o‘tamoqda.

Bunga uning yanvarda ommaviy yig‘ilishlar va ko‘cha namoyishlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzgani sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Navalniy boshlik korrupsiyaga qarshi jamg‘armaning tergov masalalari bo‘yicha rahbari Georgiy Alburovning Tvitter orqali xabar qilishicha, 8 sentabrda Moskvada hibsga olingan. Unga davlat tadbirlari to‘g‘risidagi qonunlarni buzish aybi qo‘yilmoqda.Bunga saylov kunidagi norozilik namoyishlarini tashkil qilish ham kiradi.

U hibsga olingach, Sankt-Peterburg poezdiga kechikib qoldi va o‘sha shaharda o‘tkazilishi kerak bo‘lgan pensiya islohoti rejasiga qarshi norozilik namoyishida qatnasha olmadi.

5-9 sentabr kunlari hokimiyat idoralari namoyish uyushtirmoqchi bo‘lgan 50 kishini hibsga oldi.

Turli so‘rov natijalariga ko‘ra, rossiyaliklarning 90 foizi pensiya yoshi oshirilishiga qarshi. Aholining yarmi bunga qarshi namoyishlarga chiqishni istaydi.

Iyul oyida Davlat dumasi pensiya yoshini oshirish haqidagi taklifni birinchi o‘qishda qabul qilgandan so‘ng Putinni ham, Medvedevni ham, hokimiyatdagi “Birlashgan Rossiya” partiyasini qo‘llovchilar soni ancha-muncha kamayib ketdi.

XS
SM
MD
LG