Линклар

Шошилинч хабар
21 декабр 2025, Тошкент вақти: 15:57

Yunusobod tumani hokimi 400 ming dollar pora olayotganda qo‘lga tushdi


Illyustrativ surat.
Illyustrativ surat.

Toshkent shahar Yunusobod tumani hokimi Baxtiyor Abdusamatov pora olayotganda qo‘lga olindi.

Mahalliy nashrlarning Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasiga tayanib 11 sentabr kuni xabar berishlaricha, maxsus amaliyot Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan amalga oshirilgan.

Manbalarning bildirishicha, Baxtiyor Abdusamatov sarmoyadorga yer maydoni ajratib berish uchun 400 ming dollar pora so‘ragan. Hokim pulni pora tariqasida olayotgan vaqtda qo‘lga tushgan.

Pora bilan ushlangan voqea ishtirokchilari bir necha kishi ekani aytilmoqda.

Baxtiyor Abdusamatov Yunusobod tumaniga hokim etib tayinlanishidan avval Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirining o‘rinbosari hamda Tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi sifatida ishlagan.

U 2017 yilning 11 aprelida prezident rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida hayfsan olgan. Oradan bir hafta o‘tib, yuoqri lavozimidan ozod etilgan va tuman hokimligiga tushirilgandi.

1976 yilda tug‘ilgan Baxtiyor Abdusamatov 1996 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini, 2003 yilda esa Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

XS
SM
MD
LG