Линклар

Шошилинч хабар
27 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:26

Varshavada Tojikiston hukumat delegatsiyasi a’zosi muxolifatchini urdi (video)


Tojikiston hukumat delegatsiyasi a’zolaridan biri muxolifat tarafdori Sulaymoni Orzuning basharasiga musht tushirdi. Varshava, 2018, 11 sentabr
Tojikiston hukumat delegatsiyasi a’zolaridan biri muxolifat tarafdori Sulaymoni Orzuning basharasiga musht tushirdi. Varshava, 2018, 11 sentabr

Varshavada o‘tayotgan YEXHT yillik majlisining ikkinchi kuni yakunida Tojikiston hukumat delegatsiyasi ayrim a’zolari va muxolifatchilar tarafdorlari ishtirokida mushtlashuv bo‘lib o‘tdi.

Tojikiston hukumat delegatsiyasi a’zolaridan biri muxolifat tarafdori Sulaymoni Orzuning basharasiga musht tushirdi.

Jabrdiydaning aytishicha, u Tojikiston Islom Uyg‘onish partiyasi(TIUP)ning sobiq a’zosi Ayomiddin Sattorovni «Siyosiy mahbuslarga ozodlik!» xeshtegi bilan suratga olmoqchi bo‘lgan.

В Варшаве произошла драка между членами делегации Таджикистана и оппозиционерами
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:12 0:00

Mushtlashuv YEXHTning insoniylik mezonlari bo‘yicha yillik anjumani o‘tayotgan Varshavadagi mehmonxona hovlisida bo‘lib o‘tdi. Sulaymon Orzu Amriddin Sattorovga «Siyosiy mahbuslarga ozodlik» deya yozilgan xeshtegni bergan va uni suratga olmoqchi bo‘lgan. Bu hukumat delegatsisi a’zolaridan biriga yoqmadi va muxolifatchining yuziga musht tushirgan.

Guvohlarning aytishlaricha, haqoratlangan Sulaymoni Orzu o‘zini hafa qilgan shaxs va bir necha kishi, jumladan Ayomiddin Sattorov o‘tirgan mashina tomon shoshildi. Dahanaki jang bir necha daqiqa davom etdi. Shundan so‘ng mashina joyidan qo‘zg‘aldi va muxolifat delegatsiyasining boshqa bir a’zosi bo‘lmish Shuhrat Rahmatulloni oyog‘ini bosib ketdi, deya xabar berdi TIUP matbuot kotibi Bobojon Qayumov.

TIUP asoschilaridan biri bo‘lmish Ayomidin Sattorov yaqinda islom partiyasidan yuz o‘girdi, uning aytishicha, hozirgi rahbariyat partiya amal qilishi kerak bo‘lgan «nizomni oyoq osti qildi» va Eron ta’sir doirasiga tushib qoldi. Sobiq muxolifatchini Tojikiston rasmiy delegatsiyasi tarkibiga kiritishdi va YEXHTning yillik majlisi o‘tadigan Varshavaga jo‘natishdi.

Shu bilan birga Tojikiston hukumat delegatsiyasi muxolifatchilar tomonidan bo‘lgan ig‘vo haqida ma’lum qildi. Tojikiston islomshunoslik Markazi raisi o‘rinbosari Rustam Azizining aytishicha, majoro hukumat delegatsiyasi a’zolari tushlikdan qaytib kelayotganda yuz berdi. "Biz tomon muxolifat tarafdorlari yaqinlashib keldi va o‘zlarining shiorlarni ko‘rsata boshlashdi. Ular ochiqdan ochiq nizo keltirib chiqarmoqchi ekani ko‘rinib turardi... Muxolifat tarafdorlari bir necha bor elchining mashinasini urishdi. Politsiya vakillari keldi va vidokuzatuv kamerasidagi lavhalarni o‘rganishdi. Ular muxolifat delegatsiyasi a’zolarini savolga tutishdi. Kechki majlisda YEXHT vakili yuz bergan hodisa uchun hukumat delegatsiyasidan kechirim so‘radi», - dedi Rustam Azizi.

YEXHTning insoniylik mezonlari bo‘yicha yillik anjumani Varshavada 10 sentabr kuni o‘z ishini boshladi. Majlisning birinchi kunida Tojikiston hukumat delegatsiyasining rahbari Nizomiddin Zohidi bayonot berib, TIUPning mamlakat hududlarida sodir etilgan teraktlardagi ishtiroki dalillar bilan isbotlanganini aytdi. Tojikiston hukumati YEXHT dasturi va maqsadlarini qo‘llab-quvvatlaydi, biroq Dushanbe terrorizmga qarshi kurashda terrorchilarni «o‘zimiznikilar» va «begonalarga» ajratishga qarshi chiqadi, deya ta’kidladi Tojikiston tashqi siyosat mahkamasi rahbarining o‘rinbosari o‘z chiqishida.

XS
SM
MD
LG