Линклар

Шошилинч хабар
18 январ 2021, Тошкент вақти: 12:51

Mirziyoev Karimov davriga siyosiy baho berishni boshladimi?


13 sentabr kungi "Qurultoy" davra suhbatiga Shavkat Mirziyoevning Karimov davri haqida keyingi oylar davomida qilgan bayonotlari mavzu bo‘ldi.

"Qurultoy"da qatnashgan jurnalist Anvar Usmonov va boshqalar “Karimov davri hozirgi siyosiy rahbar tarafidan salbiy baholanganligi"ni olqishladi.

Prezident Mirziyoev iyun oyidagi chiqishlaridan birida O‘zbekistondagi eng yirik Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi va butun Farg‘onani “dabdala qilib ketgan”lar haqida gapirar ekan¸ ularni “farg‘onalik kelinlar”,"to‘dalar" va "kalamushlar" deya atagan.

Мирзиев Каримов даври мулозимларини "каламушлар тўдаси" деб атади
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:51:17 0:00

Shavkat Mirziyoevning 12 iyun kuni Farg‘ona viloyati faollari bilan uchrashuvi paytida yozib olinib¸ Ozodlikka joriy hafta yuborilgan audiofaylda prezident mamlakat bosh vaziri bo‘la turib¸ o‘zi ham Farg‘onadagi neftni qayta ishlash zavodi ishlariga aralasha olmaganini tan olgan.

O‘zbekiston mustqiligining ilk yillarida O‘zbekistondagi energetika sohasini boshqargan va Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodiga ham bir muddat rahbarlik qilgan Anvarmiroz Husainov Mirziyoevning bu gapini “inqilobiy” deb atadi.

-O‘zbekistonning neft ehtiyojini 80 foizini qoplab turgan zavodning Karimov oilasi mansublari bo‘lgan qaroqchilar tarafidan talon-toroj qilinganini bilar edik¸ ammo bu vaziyatga Shavkat Mirziyoevning baho bergani va bu davrlar endi qaytmaydi¸ deya aytgani inqilobiy gap bo‘ldi¸ deydi suhbatdosh.

"Qurultoy" qatnashchilari “Karimov davriga siyosiy baho berilishi va Mirziyoev “kalamushlar” deb atagan mulozimlar xalq oldida tazarru qilishi” kerakligini ta’kidlashdi.

XS
SM
MD
LG