Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:47

Qirg‘iz shifokorlari chaqaloq sotgani uchun hibsga olindi


Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligi ushbu ish yuzasidan surishtiruv o‘tkazish va mamlakatdagi barcha tug‘ruqxonalar faoliyatini tekshirish uchun ish guruhi tashkil qildi (illyustrativ surat).
Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligi ushbu ish yuzasidan surishtiruv o‘tkazish va mamlakatdagi barcha tug‘ruqxonalar faoliyatini tekshirish uchun ish guruhi tashkil qildi (illyustrativ surat).

11 sentabr kuni Bishkekdagi tug‘ruqxonaning bir necha xodimiga qarshi jinoyat ishi ochildi. Bu joriy yilda bolalarni sotishga urinish yuzasidan aniqlangan beshinchi holatdir. Xabarlarda aytilishicha, bir tug‘ruqxona shifokorlari tug‘ilgan chaqaloqni sotish oldidan ota-onasiga uni o‘ldi deb aytgan.

Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligining Akusherlik va ginekologiya boshqarmasi boshlig‘i Raisa Asilbasheva ayni noxush holat yuzasidan surishtiruv o‘tkazish va mamlakatdagi barcha tug‘ruqxonalar faoliyatini tekshirish uchun ish guruhi tashkil qilganini bildirdi.

Qirg‘izistonda 1060 nafar ginekolog va akusher ayol bor, har biriga ko‘z-quloq bo‘lib turishning iloji yo‘q. Ushbu ijtimoiy illatga qarshi hamma birday kurashishi kerak, ‒ dedi Raisa Asilbasheva.

Mamlakatdagi sog‘liqni saqlash sohasi xodimlarining oylik maoshi 14 ming (taxminan 220 dollar) som ekani aytiladi.

Balki shifokorlar va boshqa tibbiyot xodimlari ehtiyoj sabab shu ishga qo‘l urayotgandir, ‒ dedi parlament deputati Aynur Altibaeva. ‒ Sabab nima bo‘lishidan qat’i nazar, ularning jinoyatga qo‘l urayotganini hech narsa bilan oqlab bo‘lmaydi.

Inson huquqi faoli Avazxon Ormonova Qirg‘izistonda kichik yoshdagi bolalar savdosiga bir necha omillarni, jumladan, asrab olish murakkabligini sabab qilib ko‘rsatdi.

‒ Ko‘pincha rasman nikohdan o‘tmagan yoki nomusga tegish oqibatida homilador bo‘lib qolgan ayollar chaqalog‘ini sotish payiga tushib qoladi. Yana uch-to‘rt farzandi bo‘lgan ayollar ham shu ishga qo‘l uradi, ‒ dedi u.

2015 yili Norin viloyatida yashovchi 26 yashar ayol 5 oylik qizini echkiga almashtirmoqchi bo‘lganda qo‘lga tushgandi.

O‘tgan yili 3 nafar ayol 3 oylik chaqaloqni 10 ming somga (taxminan, 150 dollar) sotishga urinishda gumon qilinib, hibsga olingan.

Joriy yilda politsiya Chuy viloyatida yashovchi bir ayolni uch nafar bolani 80 ming somga (1150 dollar) pullamoqchi bo‘layotgani xabar qilingandan so‘ng qo‘lga oldi.

Chaqaloqlarni noqonuniy pullash hollari Qirg‘izistonda “tug‘ish sayyohligi” avj olib ketishi ortidan ro‘y bermoqda. U yerda oltita urug‘lantirish klinikasi har yili qirg‘izlar va yuzlab chet elliklarga tashqi urug‘lantirish, surrogat onalik va boshqa amaliyotlar bo‘yicha xizmat ko‘rsatmoqda.

Tanqidchilar bolalarni sotishga uringan paytda ushlangan va hibsga olingan kishilarning ko‘pchiligi jazosiz qolayotganini aytadi.

‒ Agar bolalar savdosi oldini olmoqchi bo‘lsak, qonunlarni takomillashtirishimiz va bunday jinoyatlar uchun jazoni kuchaytirishmiiz kerak, ‒ dedi Ormonova.

XS
SM
MD
LG