Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:02

Turkmanistonda «xalq oqsoqoli»ning navbatsiz non olishga urinishi mushtlashuvga olib keldi


14 sentabr kuni Dosho‘g‘iz viloyatidagi un zavodi yaqinidagi do‘kon oldida non uchun navbatda turganlar o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi.

«Dosho‘g‘iz shahridan kelgan to‘rt nafar oqsoqol navbatsiz non sotib olmoqchi bo‘lishganida odamlar ularga qarata baqira boshlashdi. Ularga qarata “mamlakatni siz shu darajaga keltirib qo‘ydingiz, siz tufayli odamlar bir burda non topa olmay qoldi. Siz xalq oqsoqoli emas, o‘z qorningizni oqsoqolisiz» deya yopirila ketishdi, - deya xabar beradi “Ozodlik» muxbiri hodisa guvohlarining so‘zlariga tayangan holda.

«Ozodlik» yuz bergan hodisaga oydinlik kiritish maqsadida keksa bu to‘rt kishining shaxsini aniqlay olmadi.

Kuzatuvchilarning fikricha, Turkmaniston mustaqillikka erishganidan beri «yashuli» (oqsoqol) institutidan mamlakat rahbariyati tomonidan davlatni boshqarishda muhim instrument sifatida foydalanib kelgan.

Shu bilan birga “Ozodlik»ning Dosho‘g‘izdagi muxbiri mintaqada non yetishmasligi bilan bog‘liq vaziyat haqida xabar beradi. «Xalq qiynalib qoldi. Un umuman yo‘q. Xalq och qolgan», -deydi muxbir.

Iyun oyida «Ozodlik» muxbirlari Dosho‘g‘iz viloyatining Boldumsaz etrapida non xarid qiluvchilardan pasportlarni ko‘rsatish talab qilinayotgani haqida xabar bergan edi.

Turkmaniston davlat OAV mamlakatda davom etayotgan inqiroz haqida eslatmaydi, balki mamlakatda oziq-ovqat mo‘l-ko‘lchiligi haqida ma’lum qiladi.

XS
SM
MD
LG