Линклар

Шошилинч хабар
25 январ 2021, Тошкент вақти: 09:53

Emomali Rahmonning o‘g‘li, Dushanbe merini tarannum etuvchi qo‘shiq aytildi (video)


Rustam Emomali otasi, Prezident Emomali Rahmon bilan.

Dushanbe shahar meri, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning katta o‘g‘li Rustam Emomalining sharafiga «Shahriyor» deb nomlangan qo‘shiq kuylagan tojik xonandasi Ziyovuddin Nurzod xushomad va laganbardorlik qilmaganini aytmoqda.

Знаменитый таджикский певец посвятил песню сыну президента
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:14 0:00

15 sentabr kuni xonanda «Nastoyashchee vremya» televideniesiga bergan intervyusida, qo‘shiq g‘oyasi o‘g‘li bilan poytaxtdagi eng baland binoda turib tungi Dushanbeni tomosha qilayotganida paydo bo‘lganini va bu qo‘shiqni bir yarim yildan buyon shahar rahbari bo‘lib muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotganiga minnadorchilik sifatida merga bag‘ishlaganini aytdi:

«Balandlikda turib Dushanbeni tomosha qilayotgan o‘g‘lim: «Ota, qarang, Dushanbe Dubayga o‘xshab ketar ekan!» dedi. Men ham shaharning go‘zalligini hayratga tushgan holda tomosha qildim. Shu tariqa qo‘shiq tug‘ildi va uni o‘zim, o‘g‘lim va Dushanbe shahri aholisi nomidan hurmat ma’nosida merga bag‘ishladim».

Tojik xonandasi o‘zining «Shahriyor» qo‘shig‘i buyurtma ekanligi haqidagi gaplarni inkor qildi. Ziyovuddin Nurzodning aytishicha? bu qo‘shiq samimiy va buning uchun mukofot kutayotgani yo‘q. Balki, uning aytishicha, hatto o‘zini mamlakat mustaqilligining 27 yilligiga bag‘ishlangan katta konsertga taklif ham qilishmagan va bu qo‘shiq katta sahnada ijro etilmagan.

«Rahmonning sevgisiga sovg‘a», «Somoniylar avlodi», - deydi Rustam Emomali haqidagi qo‘shiq muallifi. U merni Firdavsiyning «Shohnoma» dostoni qahramoni Rustamga o‘xshatadi. Bu qo‘shiqqa ishlangan klip Youtubeda 200 mingdan ortiq tomosha qilindi. Kimdir qo‘shiqni xushomad va laganbardorlik desa, aksincha boshqalar xonanda har qanday mavzu bo‘yicha qo‘shiq kuylash huquqiga ega, deya uni himoya qilishga o‘tib ketishdi.

Nima bo‘lganda ham bu Rustam Emomali sharafiga kuylangan birinchi qo‘shiqdir. Bundan avval ko‘plab xonandalar davlat rahbariga bag‘ishlab qo‘shiq kuylashgan edi. Tojikiston prezidentining katta o‘g‘li Rustam Emomali 2017 yilning yanvarida Dushanbe meri lavozimiga tayinlangan edi, o‘shanda u 29 yoshda edi. U poytaxtga 19 yil rahbarlik qilgan Mahmadsaid Ubaydulloevning o‘rnini egallagan edi.

XS
SM
MD
LG