Линклар

Шошилинч хабар
28 январ 2021, Тошкент вақти: 18:00

G‘ofur Rahimov Xalqaro olimpiya qo‘mitasining iste’foga chiqish talabini rad etdi


AIBA prezidenti G‘ofur Rahimov 8 yillik tanaffusdan so‘ng birinchi marta 27 iyulda O‘zbekistonga keldi.

Xalqaro boks assotsiatsiyasi (AIBA) prezidenti vazifasini bajaruvchi G‘ofur Rahimov tashkilot rahbari sifatida amalda qolishi boksning Olimpiada o‘yinlari dasturidan chiqarilishiga sabab bo‘lishi to‘g‘risidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

Ғофур Раҳимов Халқаро олимпия қўмитасининг истеъфога чиқиш талабини рад этди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:59 0:00

AIBA rasmiy saytida 17 sentabr kuni G‘ofur Rahimov nomidan e’lon qilingan murojaatda bu xabarlar Xalqaro olimpiya qo‘mitasining bosimi sifatida sharhlanadi. G‘ofur Rahimov AIBA a’zolarini “bunday fitnalarga e’tibor bermaslik”ka chaqirdi.

16 sentabrda Inside the games portalida Xalqaro olimpiya qo‘mitasining etika va talablarga rioya qilish masalalari bo‘yicha direktori Pakerett Jirar Zapellining G‘ofur Rahimovga murojaati e’lon qilingan edi. Murojaatda Zapelli G‘ofur Rahimovni AIBA prezidenti lavozimidan iste’fo berishga va o‘z nomzodini bir necha oydan so‘ng o‘tadigan saylovda tashkilot prezidentligiga ko‘rsatmaslikka chaqirgan.

Zapellining yozishicha, G‘ofur Rahimov iste’fo bermasa, Tokioda 2020 yilda o‘tadigan Olimpiadada boks o‘yinlar dasturidan chiqarilishi mumkin.

AQSh Moliya vazirligi G‘afur Rahimovni uyushgan xalqaro jinoiy guruh yetakchilariga qarshi joriy qilgan sanksiyalari ro‘yxatiga kiritgan edi. Rahimovning AIBA prezidentligidan iste’fo berishga chaqiriqlar mana shu sanksiya mahsulidir.

Rahimov AIBA rasmiy saytida e’lon qilingan murojaatda:” AIBAning bo‘lajak saylovdagi prinsiplari o‘ta aniqdir: saylov komissiyasi talablariga to‘g‘ri keladigan rasmiy nomzodlar ro‘yxati kongressga bir oy qolganida-3 oktyabrda e’lon qilinadi. Men AIBAning barcha a’zolarini, tashkilotimizga mansub bo‘lganlarni qoidalarimizni hurmat qilishga va belgilangan kunni kutib turishga, rahbar lavozimlarga nomzodlar ko‘rsatilishini sharhlamay turishga chaqiraman”, deb ta’kidladi.

G‘ofur Rahimov o‘z murojaatida AIBA a’zolari “elektron maktublar, yangliklar va sport saytlarida tarqatilayotgan turli mish-mishlar ta’siriga tushib qolmasligiga” umid bildirdi.

AIBA prezidentligiga saylov 3 noyabr kuni tashkilotning Moskvada o‘tadigan kongressi doirasida bo‘lib o‘tadi.

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi boksni 2020 yilgi Olimpiada dasturida qoldirish yoki taqiqlash masalasini noyabr oyida muhokama qilishi kutilmoqda. Ayni paytda Xalqaro olimpiya qo‘mitasi AIBAga nisbatan tergovni davom ettirmoqda. Tergov fevral oyida boshlangan edi.

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi AIBAning boshqaruv, moliyaviy harajatlar va antidoping bo‘yicha hisobotini qoniqarsiz, deb topib, Janubiy Koreyaning Pxenchxan shahrida o‘tgan kongressida tergov o‘tkazish to‘g‘risida qaror chiqargan.

AIBA prezidenti Vu Chjing Guo 2017 yilning noyabr oyida iste’fo bergan edi. Uning o‘ringa G‘ofur Rahimov 2018 yilning 27 yanvar kuni vaqtincha prezident qilib saylangan.

Rahimov O‘zbekistonni 2010 yilda tark etgan edi. 2013 yilning 6 fevralida G‘afur Rahimovga tovlamachilik, jinoiy faoliyatda olingan daromadlarni legallashtirish va hujjatlarni qalbakilashtirishda ayblanib, O‘zbekiston tomonidan xalqaro qidiruvga berilgan.

Joriy yilning 12 iyul kuni Ozodlik G‘afur Rahimovga qidiruv to‘xtatilgani va uning O‘zbekistonga qaytishiga huquqiy izn berilgani haqda xabar qilgan. 27 iyul kuni 67 yoshli G‘ofur Rahimov Toshkentga kelgani bildirilgan.

XS
SM
MD
LG