Ushlangan vaqtda voyaga yetmagan, 16 va 17 yoshlarda bo‘lgan to‘rt nafar tojik o‘smiri, o‘qituvchisining ta’sirida Afg‘onistonga borib “Islom davlati” saflariga qo‘shilmoqchi bo‘lgani ma’lum bo‘ldi.
Shu yilning 13 iyul kuni Giyohvand moddalarga qarshi kurash idorasining xodimlari “to‘rttovlon”ni - poytaxtda yashovchi Safarmuhammad Abdunazarzoda, Mustafo Qurbonov, Xojimuhammad Fayzulloev va Rudaki tumanida yashovchi Muhammada Nabizodalarni Afg‘oniston chegarasidan 5 kilometr uzoqlikda bo‘lgan Shamsiddin Shoxin tumanida ushladi.
Ikki manba – kuch ishlatish tuzilmasi va ta’lim sohasidagi manbalar – to‘rt nafar o‘smirning qo‘lga olinganligini tasdiqladi. Ta’lim boshqarmasidagi manbaning xabar qilishicha, yigitlar o‘zlari dars oladigan ingliz tili o‘qituvchilarining ta’sir doirasiga tushib qolgan. 27 yoshli o‘qituvchi ham ushlandi.
Manba o‘qituvchi haqida ayrim ma’lumotlarni berdi: Dushanbeda tug‘ilgan,2012 yilda Tojikiston Tillar institutini ingliz tili o‘qituvchisi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan, so‘ng qisqa kurslarda ingliz tilidan saboq bergan. Tegishli idoralar o‘qituvchi qachon va qanday qilib ID yollanuvchilari ta’siriga tushib qolganligini o‘rganmoqda.
Uch nafar yigit tahsil olgan Dushanbedagi maktablardan birining direktori Sabzagul Saidovaning 19 sentabr kuni aytishicha, hibsga olingan vaqtda bolalar maktab o‘quvchisi emas edilar, ular qo‘llariga maktabni tamomlaganliklari to‘g‘risida attestatlarni olishgan edi.
"Yarim yil mobaynida bolalar X rejasiga tayyorgarlik ko‘rishgan. Panj tomonida ular Tojikiston fuqorosi bo‘lmish Abu Obid bilan aloqa o‘rnatishgan, aynan u chegara yaqinigacha borib NO‘Pni suratga olishni topshirgan. Bolalar buyruqni bajarishgan va suratni unga yuborishgan. Shundan keyin Abu Obid bolalar Afg‘onistonga o‘tish niyatida ekanligiga ishongan va kutib turishni buyurgan. Oradan ko‘p o‘tmay u aloqaga chiqdi va bolalar chegaradan o‘tishi lozimligini aytdi. Ayni o‘sha vaqtda «to‘rttovlon» qo‘lga olindi ", - deydi manba.
Keyinchalik tergovchilar to‘rttovlonning hammasi o‘zlarining rejalariga kim rozi bo‘lishini aniqlash maqsadida 9 kishidan iborat tengdoshlariga jihod haqida muntazam ravishda gapirib kelganligini aniqladilar