Линклар

Шошилинч хабар
21 декабр 2025, Тошкент вақти: 13:03

Terroristik va ekstremistik tashkilotlarga adashib kirib qolganlar jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi


Terrorchi, ekstremist yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlarga adashib kirib qolgan o‘zbekistonliklar jinoiy javobgarlikdan ozod etilishi mumkin.

Террористик ва экстремистик ташкилотларга адашиб кириб қолганлар жиноий жавобгарликдан озод этилади
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:48 0:00

Prezident Shavkat Mirziyoev 19 sentabrda bu boradagi «Terroristik, ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilot va guruhlar tarkibiga adashib kirib qolgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini jinoiy javobgarlikdan ozod etish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi.

Farmonga asosan taqiqlangan tashkilot va guruhlar tarkibiga adashib kirib qolgan O‘zbekiston fuqarolarining murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyasi tashkil etiladi.

2018 yil 1 noyabrdan adashgan fuqarolar komissiya xulosasiga asosan jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi.

Farmonda ta’kidlanishicha, adashganlar aybini bo‘yniga olish to‘g‘risida shaxsan arz qilib kelsa, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lsa, jinoiy faoliyatni fosh etishda faol yordam bergan bo‘lsa, g‘oyaviy yoki ma’naviy rahnamo bo‘lmasa, jangovar harakatlarda va qo‘poruvchilik harakatlarini sodir etishda ishtirok etmagan bo‘lsa, terrorchilik faoliyatini amalga oshirish maqsadida taqiqlangan tashkilotlarda o‘quv, maxsus yoki harbiy tayyorgarlikdan o‘tmagan bo‘lsa, terrorchilik faoliyatini amalga oshirish maqsadida chiqish yoki harakatlanishni amalga oshirmagan bo‘lsa, xalqaro terrorizmni moliyalashtirishda ishtirok etmagan bo‘lsa jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi.

«Ushbu Farmon fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishini huquqiy jihatdan rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi», deyiladi farmonda

Komissiya tomonidan salbiy xulosa chiqarilgan taqdirda barcha holatlar qonun hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqiladi.

Komissiyaga bosh prokuror Otabek Murodov rahbarlik qiladi.

“Taqiqlangan tashkilotlar tarkibiga adashib kirib qolgan fuqarolarning qilmishiga pushaymonligi hamda aybini bo‘yniga olishi to‘g‘risidagi arizasi xorijda ularning yashash joyi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonalariga yoxud O‘zbekiston Respublikasining huquqni muhofaza qiluvchi organlariga beriladi”, deyiladi farmonga berilgan sharhda.

Komissiya tomonidan o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qaror barcha davlat organlari va tashkilotlar tomonidan ijro etilishi majburiydir. Komissiyaning ishchi organi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hisoblanadi.

XS
SM
MD
LG