Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 15:06

Ostona amaldorlari xizmat mashinasidan voz kechib, taksiga o‘tirishdi (VIDEO)


Qozog‘iston poytaxti - Ostona shahri ma’muriyati xizmat mashinalaridan voz kechdi va taksidan foydalana boshladi.

Amaldorlarning so‘zlariga qaraganda, shu tariqa ular soliq to‘lovchilarning pullarini tejamoqda: munitsipalitet har yili yangi avtomobil sotib olishni to‘xtatadi, avval sotib olinganlari – ular 60dan ortiq – esa maktab va shifoxonalarga beriladi.

Чиновники администрации Астаны пересели на такси
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:14 0:00

Ostona shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Sergey Xoroshun sentabr oyidan beri soliq to‘lovchilar hisobiga taksida yuradi. To‘g‘ri unga tegishli qora rangli alohida taksi bor bo‘lib, faqat uni olib yuradi. Taksi xizmatining ma’lum qilishicha, bu rang faqat akim [Qozog‘istondagi davlat xokimiyat idorasi mahalliy ijroiya organi rahbari] uchun mo‘ljallangan. Ma’muriyatning boshqa amaldorlari uchun – oq rangli avtomobil belgilangan.

Taksichilarning aytishlaricha, davlat xizmatchilari bir kunda o‘rtacha to‘rt marta taksidan foydalanadi: "Ertalab ishga kelishadi, tushlikka borishadi, tushlikdan ishga qaytishadi va uyga qaytishayotganda foydalanishadi". Taksidan foydalanishning narxi birinchi uch kilometri uchun 500 tenge deya belgilangan. Bu salkam bir yarim dollar demakdir. Qolgan kilometri esa hisoblagich bo‘yicha. Amaldorlarning aytishicha, besh yil davomida soliq to‘lovchilarning 600 mln tenge miqdoridagi mablag‘larini tejashadi.

Shaharliklar amaldorlarni taksiga o‘tqazilishiga skeptik yondashmoqda: "Ular ishga avtobusda borishlari kerak, o‘shanda avtobuslarning Ostonada qanday ishlashini bilib olishadi".

Ostonaning yangi akimi Baxit Sultanov anchadan beri biror bir transportdan foydalanmasligini aytadi. Faqat ertalabki soatlardagina foydalanar ekan. "Men avvallari ham ishga piyoda borardim. Hozir ham piyoda yuribman, ish joyim uyimdan uzoqda emas. Bu foydali, shu sababli yo‘lda ko‘chalarni ko‘raman, yuklatilgan topshiriqlarni qanday bajarilayotganiga guvoh bo‘laman va tegshili topshiriqlar beraman. Kunduzi ishga taksida boraman, shu sababli akimatning avvalgi rahbariyati tomonidan qo‘llanilgan ilg‘or g‘oyalarni to‘xtatish kerak emas, balki davom ettirish lozim", – deya bayonot berdi Ostona xokimi Baxit Sultanov.

Hokimiyatning ma’lum qilishicha, xodimlar uchun faqat ekonom-klass taksilari chaqiriladi, ularning hammasi uchun pul limiti belgilangan. Agar amaldorlardan kimdir limitdan o‘tib ketsa, u holda piyoda yurishga majbur bo‘ladi.

Amaldorlarning so‘zlariga qaraganda, shu tariqa ular soliq to‘lovchilarning pullarini tejashmoqda: munitsipalitet har yili yangi avtomobil sotib olishni to‘xtatadi, avval sotib olinganlari– ular 60dan ortiq – esa maktab va shifoxonalarga beriladi.

XS
SM
MD
LG