Линклар

Шошилинч хабар
09 май 2024, Тошкент вақти: 00:31

O‘zbekiston Internet narxini arzonlatish va "O‘zbektelekom" monopoliyasini bekor qilishni rejalashtirmoqda


Illyustrativ surat.
Illyustrativ surat.

O‘zbekistonda 2020 yil 1 yanvargacha barcha provayderlar uchun xalqaro tarmoqlarga bevosita kirishni erkinlashtirish rejalashtirilmoqda. Bu «foydalanuvchilarga Internetdan foydalanish narxini pasaytirish» imkonini beradi. Ayni paytda bu soha faqat “O‘zbektelekom” monopoliyasi hisoblanadi.

Mahalliy nashrlarga ko‘ra, prezident Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga 2020 yil 1 yanvargacha «barcha operatorlarga xalqaro telekommunikatsiya tarmoqlariga bevosita ulanishni erkinlashtirish imkonini beradigan» normativ huquqiy hujjatni tayyorlash vazifasini topshirdi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida xizmatlarning eksport ulushini 2021 yilga qadar umumiy hajmdan 4 foizga oshirishni rejalashtirmoqda.

Bu haqda davlat rahbarining tegishli farmoni ham qabul qilindi.

Avvalroq prezident matbuot ximzati Shavkat Mirziyoev Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi faoliyatidan ko‘ngi to‘lmayotgani va bu borada vazirlik oldiga yangi vazifalarni qo‘ygani haqida xabar bergan edi.

Prezidenti Shavkat Mirziyoev 19 sentabr kuni axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari tizimidagi ishlarni tahlil qilish, sohani jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni belgilashga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazgan.

“Tarmoqqa investitsiya jalb etish, xizmatlar va tayyor dasturiy mahsulotlarni eksport qilish ahvoli bizni umuman qoniqtirmaydi”, degan prezident, yig‘ilishdavazirlik oldiga joriy yilda invetssitsiyalarni kamida 200 million dollarga, 2019 yilda esa investitsiyalar, ayniqsa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoyalar hajmini 500 million dollarga yetkazish vazifasini qo‘ygan.

Mirziyoev bu sohada 2018 yil 19 fevralda “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzolagan edi.

Rasmiy ma’lumotlarda aytilishicha, mavjud aloqa tarmoqlarining atigi 27 foizi optik tolali, qolgani mis simli liniyalardan iborat ekani ortidan O‘zbekistonda telefon va internet foydalanuvchilariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati past bo‘lib qolmoqda.

“Xorijiy tajribani chuqur o‘rgangan holda, mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan 5 yillik milliy dasturni ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi”, deyiladi prezident rasmiy saytida e’lon qilingan xabarda.

XS
SM
MD
LG