Линклар

Шошилинч хабар
21 январ 2021, Тошкент вақти: 23:24

BMT Xavfsizlik kengashi Trampning Eronga nisbatan siyosatiga qo‘shilmadi


AQSh prezidenti Donald Tramp.

AQSh prezidenti Donald Tramp BMT Xavfsizlik kengashining 26 sentabrda o‘tgan yig‘ilishida so‘zlagan nutqida «Eron rejimi zo‘ravonlik, terror va tartibsizliklarni eksport qilmoqda», deb aytdi.

БМТ Хавфсизлик кенгаши Трампнинг Эронга нисбатан сиёсатига қўшилмади
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:08 0:00

Boshidan oxirigacha Eronga qarshi qaratilgan nutqi davomida Tramp Xavfsizlik kengashi a’zolarini Tehronni yakkalatib qo‘yishga chaqirdi:

-Men BMT Xavfsizlik kengashining barcha a’zolarini Eron rejimi o‘z ahloqini o‘nglab olishi va hech qachon yadroviy qurolga ega bo‘lmasligi uchun Qo‘shma Shtatlar bilan hamkorlik qilishga chaqiraman,-dedi Tramp.

AQSh prezidentiga ko‘ra, 2015 yilda Eron xalqaro hamjamiyat bilan yadroviy dasturdan voz kechish shartnomasini imzolagani ortidan Vashington bu mamlakatga nisbatan sanksiyalarni bekor qildi va buning natijasida Tehron katta miqdorda foyda ko‘rdi.

«Biroq Eron bu mablag‘larni terrorchilikni qo‘llab-quvvatlash, yadroviy kallakli raketlarni ishlab chiqarish kabi ishlarga sarfladi», dedi Tramp.

Prezidentning bildirishicha, Eron shartnoma talablarini buzganidan kelib chiqqan holda Oq Uy Eronga sanksiyalarni qayta joriy etish to‘g‘risida qarorga kelgan. Tramp Eronga nisbatan AQSh sanksiyalari to‘laqonli ravishda noyabr oyidan boshlab kuchga kirishini aytdi.

-Bu sanksiyalar kuchga kirgach, AQSh har qachongidan ham qat’iyroq bo‘lgan qo‘shimcha sanksiyalarni qo‘llay boshlaydi. Bu sanksiyalarga amal qilmagan har qanday jismoniy yoki yuridik shaxs jiddiy muammolarga duchor bo‘ladi,-dedi Tramp.

Biroq AQSh prezidentining bu bayonoti Britaniya, Fransiya, Rossiya, Xitoy va Germaniya tomonidan rad etildi.

Mazkur davlatlar Eron bilan 2015 yilgi shartnomaning saqlanib qolinishi Tehron yadroviy qurol ishlab chiqarmasligi uchun eng yaxshi kafolatdir, deb hisoblamoqdalar.

Jumladan, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron “AQSh bu shartnomadan chiqib, jiddiy ishonchsizlik kayfiyatini paydo qildi”, deb aytdi.

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Xavfsizlik kengashi yig‘ilishidan so‘ng jurnalistlarga bergan intervyusida:

-BMT Xavfsizlik kengashining bugungi sessiyasida Amerika yakkalanib qolgani aniq oshkor bo‘ldi. Xavfsizlik kengashida qatnashgan barcha davlatlar Eron bilan shartnomani saqlab qolish tarafdori ekanini bildirdi. Ular bu bilan AQShning qarori noto‘g‘ri ekanini ta’kidladilar,-deb aytdi.

2015 yilning yozida AQSh, Fransiya, Britaniya, Rossiya, Xitoy va Eron o‘rtasida shartnoma imzolanib, Tehron yadroviy dasturini to‘xtatish majburiyatini olgan. Buning evaziga xalqaro hamjamiyat Eronga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarni bekor qilishi lozim edi.

Ammo prezident Tramp 2018 yilning may oyida mazkur shartnoma AQSh manfaatlariga zid kelishini aytib, shartnomadan chiqqanini bildirgan edi.

Trampning bu qarori AQShning Yevropa Ittifoqidagi ittifoqchilari tomonidan ham tanqid qilingan.

XS
SM
MD
LG