Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:31

Moskvada havoza qulashi oqibatida o‘zbekistonlik ishchilar og‘ir jarohatlandi (VIDEO)


Moskvaning Ramenki mavzesidagi “Snegiri Eko” turar-joy kompleksi qurlishida qurilish havozalari qulashi oqibatida 8 odam jarohatlandi. Jarohatlangan ishchilarnig barchasi O‘zbekiston vatandoshlari ekani aytilmoqda.

Moskvaning Minskaya ko‘chasi 2 uy manzilidagi “Snegiri Eko” kompleksiga qarashli binolardan biriga biriktirilayotgan qurilish havozalari qulab tushdi.

Unda ishlayotganlardan 8 nafari turli jarohatlar bilan mahalliy shifoxonaga olib ketildi. Ulardan o‘ta og‘ir ahvolda ekani aniqlangan 2 nafari mahalliy sanitariya vertolyotlari yordamida evakuatsiya qilindi va hozirda reanimatsiya bo‘limida qolayotgani ma’lum.

Mahalliy ommaviy axborot vositalari va Ozodlik manbalari jarohatlangan ishchilarnig barchasi O‘zbekiston vatandoshlari ekanini tasdiqlashmoqda.

Biroq, tergovni boshlab yuborgan Moskva shahar Tergov qo‘mitasida Ozodlik so‘roviga 4 kishi gospitalizatsiya qilinganini bildirishdi.

- Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, 2018 yilning 5 oktabr kuni kunduzi Moskvaning Minskaya ko‘chasida olib borilayotgan tashqi qurilish ishlari davomida qurilish konstruksiyalari qulab ketdi. Natijada 4 ishchi yerga tushib, jarohat oldi. Jabrlanganlar tibbiy muassasalarga yotqizildi, dedi Rossiya poytaxti tergov qo‘mitasi vakilasi Yuliya Ivanova.

Ayni paytda, "Reporter 360 " kanalida hodisa joyidan yuborilgan video paydo bo‘ldi. Unda qutqaruvchilar qulab tushgan konstruksiya ichidan og‘ir ahvolda bo‘lgan ishchilarni olib chiqayotganini ko‘rish mumkin.

Tergovchilar qurilish havozalari qulashi sabablari aniqlanayotgani, tergov davom etayotganini bildirishdi.

Shahar politsiyasida hodisa oqibatida jarohat olganlar o‘zbekistonlik migrantlar ekani to‘g‘risidagi ma’lumotni na tasdiqlay, na inkor eta olishlarini bildirishdi.

Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha, “Snegiri Eko” kompleksida qurilish ishlari vaqtinchalik to‘xtatilib, hodisa joyida prokuratura, tergov va Rostexnadzor mutaxassislari tergov-surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

XS
SM
MD
LG