Линклар

Шошилинч хабар
21 декабр 2025, Тошкент вақти: 06:27

OzodDayjest: Buxoroda militsiya fuqarolarning qo‘y-echkilarini sudsiz musodara qilmoqda


“Kun uz” saytining 8 oktabrda xabar berishicha, Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi rasmiy saytida paxtani payxon etish holatlarini aniqlash yuzasidan o‘tkazilgan tadbir natijalari e’lon qilindi.

Rasmiy ma’lumotda aytilishicha, Peshku tumanida 1 oktabr kuni Tavakkal To‘yev va Nodir Yuldashevning 6 bosh qo‘y va echkisi «Nodirbek Dilnura» fermer xo‘jaligining paxta dalasini payhon qilgan. 1 bosh qo‘y va 1 bosh echki so‘yilib, hududdagi kam ta’minlangan oilalarga tarqatilgan.

“Kun uz” saytining yozishicha, bu bilan Buxoro militsiyasi qo‘y-echkilarini sudsiz musodara qilganini tan olmoqda.

“Qonun talabiga ko‘ra, bunday huquqbuzarliklarga nisbatan jazo qo‘llash uchun ma’muriy sudyalarning belgilangan tartibda chiqargan qarori (MJtKning 245-moddasi) talab etiladi.

Eng qizig‘i, amaldagi qonun hujjatlarida payhon uchun chorva mollari musodara qilinishi yoki go‘shti kam ta’minlangan oilalar va boshqa muassasalarga tekin berilishi haqida qoida belgilanmagan”, deyiladi “Kun uz” xabarida.

Nashr O‘zbekiston Respublikasida mulk daxlsiz va qonun bilan qo‘riqlanishini ham eslatib o‘tgan.

“Aslida, bu holat yuzasidan sud jarayoni bo‘lishi, unda hosili nobud qilingan fermer ishtirok etib, yetkazilgan zarar haqida ma’lum qilishi, o‘z da’vosini ilgari surish kerak edi. Shundan so‘ng, qonunda ko‘rsatilgan tartibda jazo belgilanishi lozim edi”, deb yozadi nashr.

XS
SM
MD
LG