Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:51

Otasi Rossiyada ishlayotgan 8 yashar qizcha yo‘qoldi


Xorazm viloyatining Xiva tumani Pishkanak qishlog‘ida 8 yashar qizcha bedarak yo‘qolgan. Qizning otasi Hushnud Yoqubov Ozodlik bilan suhbatda uning Diana ismli qizi 3 oktabr kuni kuni uyi oldida izsiz g‘oyib bulganini aytdi. Xorazm militsiyasi yo‘qolgan qizni ko‘rgan-bilganlardan ma’lumot berishni so‘ramoqda, yirik miqdorda suyunchi puli ham va’da qilmoqda.

Hushnud Yoqubov sakkik yoshli qizi yo‘qolgani haqidagi ma’lumotni ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qildi va odamlardan qizini topishga yordam so‘radi.

Ozodlik bilan suhbatda Yoqubov qizi 3 oktabr kuni soat 16.30lar atrofida ko‘chada o‘ynab yurgan paytda g‘oyib bo‘lganini aytdi.

- O‘sha kuni dadamni uyida Xudo yo‘liga ehson berilayotgan bo‘lgan. Qizim maktabdan kelib, dadamnikiga borgan. Bizni uy bilan dadamni uyini orasi 400 metr. Dadamni uyi oldida o‘ynab yurib g‘oyib bo‘lgan. Mana o‘n kun o‘tdi daragi yo‘q, - deydi Yoqubov.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:21 0:00
Бевосита линк

Qizning otasi o‘n yildan buyon Rossiyada ishlaydi. Qiz bobosi va buvisi qaramog‘ida qolgan.

- Qizim yo‘qlganini eshitib 5 oktabrda keldim. O‘zim Rossiyada qurilishda ishlayman. Tirikchilik. Onasi ham ertalab 7da ishga ketadi, kechqurun keladi. Qizim meni dadam va onamni qaramog‘ida. Yagona farzandimiz, - deydi Hushnud Yoqubov.

Xorazm viloyati IIBsi qizchani qidirish ishiga Ichki ishlar vazirligidan mutaxassislar jalb etilganini aytishdi.

Militsiya yo‘qolgan qizni ko‘rgan-bilganlardan ma’lumot berishni so‘ramoqda, yirik miqdorda suyunchi puli ham va’da qilmoqda.

- Qizaloqni qidirish ishlari davom etmoqda. Uni ko‘rgan-bilganlar mahalliy militsiyaning 998623753654 telefoniga qo‘ng‘iroq qilishlari mumkin, - dedi Xiva IIBsining Ozodlik bog‘langan xodimi.

XS
SM
MD
LG