Линклар

Шошилинч хабар
20 декабр 2025, Тошкент вақти: 17:30

Qrimdagi portlashda o‘lganlar 18 kishiga yetdi. Voqea terror hujumi deb tan olindi


Portlash sodir bo‘lgan Kerch texnologik texnikumi.
Portlash sodir bo‘lgan Kerch texnologik texnikumi.

Rossiya huquq-tartibot idoralari Qrim yarimorolining sharqida joylashgan Kerch shahridagi texnikumda 17 oktabrda sodir bo‘lgan portlashni rasman terror hujumi deb atadi. Rossiya Tergov qo‘mitasi “Terroristik akt” moddasi bo‘yicha jinoyat ishi ochdi.

Portlashdan o‘lganlar soni 18 kishiga yetdi, 50 ka yaqin kishi yaralandi. Yaralanganlarning ko‘pchiligi bolalar va o‘smirlar ekanligi aytilmoqda.

Portlashni bir talaba amalga oshirgan. Bu haqda Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Qrim rahbari Sergey Aksenov bayonot berdi. Aksenovga ko‘ra, talaba o‘zini o‘ldirgan.

Portlash 17 oktabr kuni Qrim yarimorolining sharqida joylashgan Kerch shahridagi texnikumda ro‘y berdi. Rossiya Aksilterror qo‘mitasiga tayanib, axborot agentliklarining xabar qilishicha, noma’lum portlovchi moslama portlagan.

Oldinroq “Kriminform” sayti manba keltirmay texnologik texnikum oldida gaz portlagani, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 10 nafar odam halok bo‘lganini xabar qilgan edi.

“TASS” agentligi esa ismi oshkor qilinmagan rasmiyga tayangan holda bir “necha odam“ halok bo‘lganini xabar qilgan.

Ukrainaga qarashli bo‘lgan Qrim Rossiya tomonidan 2014 yilda anneksiya qilingan.

XS
SM
MD
LG