Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:34

Ohangaron "oliy martabali mehmon" kutmoqda. Bitmagan uylar fasadi yasatilmoqda


Shahardagi bo‘yab-bejashlar tepasida shaxsan Bosh vazirning turgani¸ Ohangarondan Mirziyoev Putin bilan o‘tadi¸ degan taxminlar tarqalishiga asos bo‘lgan.
Shahardagi bo‘yab-bejashlar tepasida shaxsan Bosh vazirning turgani¸ Ohangarondan Mirziyoev Putin bilan o‘tadi¸ degan taxminlar tarqalishiga asos bo‘lgan.

Ozodlikka Toshkent viloyati Ohangaron shahrida yashovchi faollardan kelgan ma’lumotga ko‘ra¸ 16-17 oktabr kunlari shaharning markaziy ko‘chasida favqulodda ta’mirlash va bezatish ishlari amalga oshirildi.

Xususan¸ Ozodlikka yuborilgan videodan namunaviy uylarni egalariga topshirilgan qilib ko‘rsatish uchun qizg‘in ish borayotgani ko‘riladi.

Loyihasi joriy yilning 29 avgustida prezidentga taqdim etilgan bu uylarning hozircha faqat tashqi qismi bitgan.

Shaxsan Bosh vazir Abdulla Aripov tepasida turgani aytilgan bu jarayon¸ shaharliklar tomonidan prezident Shavkat Mirziyoev kelishiga hozirlik sifatida talqin etilmoqda.

Ohangaron shahar hokimligi rasmiylari¸ jadal borayotgan hozirlik ishlarini inkor etmagan holda¸ bu yerga aynan kimning¸ qachon kelishi kutilayotganini oshkor qila olmasliklarini bildirdilar.

“Potyomkinskie derevni” tepasida Bosh vazir turipti

17 oktabr kuni Ozodlik olgan ma’lumotga ko‘ra¸ Ohangaron shahri markazidan o‘tuvchi Amir Temur (avvalgi nomi Xolmuhammedov) ko‘chasida bir necha kundan beri qurilish¸ pardozlash va daraxt o‘tqazish ishlari bormoqda.

Bu jarayonni 17 oktabr kuni shaxsan o‘zi ko‘zdan kechirgan ohangaronlik sobiq mulozimga ko‘ra¸ borayotgan ishlarga shaxsan Bosh vazir Abdulla Aripovning o‘zi bosh-qosh bo‘layotganidan¸ shaharliklar bularni kamida prezident Mirziyoevning Ohangaronga kelishiga hozirlik sifatida talqin etmoqda.

Kecha ham¸ bugun ham Aripovning o‘zi kelib¸ ko‘rsatma berib ketdi. Meni hayratga solayotgani¸ bosh vazirning ko‘zbo‘yamachilikning tepasida turgani. Xolmuhammedov ko‘chasida 24 ta besh qavatli uy qurildi. Birinchi qavati do‘konlarga ajratilgan. Bu uylarning faqat tashqi tomoni bitgan¸ ichi hali shundoqqina betonligicha turipti. Prezidentga shuni foydalanishga topshirildi¸ do‘konlar ishlab¸ odamlar yashayapti¸ qilib ko‘rsatish uchun¸ Toshkentdan bo‘yoq va pardoz uskunalaridan tortib¸ vitrina bezaklari¸ maneken va chemodanlargacha olib kelib¸ qo‘yib chiqishdi. O‘zim guvoh bo‘ldim shunga”¸ deydi hokimiyatning ehtimoliy ta’qibidan cho‘chib ismi ochiqlanmasligini so‘ragan ohangaronlik suhbatdosh.

Ohangaronlik tadbirkorlardan biri tomonidan Ozodlikka yuborilgan videolavhalarda aynan shahar markazidagi Amir Temur ko‘chasida borayotgan ta’mir va bezak ishlari aks etgan.

Оҳангарон Мирзиëев келишига ҳозирлик кўрмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:14 0:00

Videodan yangi qurilgan besh qavatlik uylarning birinchi qavati derazalari binoning ichki qismdan oq rangli jalyuzi bilan to‘silib¸ oynalar oldiga kiyim kiygizilgan manekenlar¸ turli iste’mol mollari terib chiqilgani ko‘riladi.

Ayni shu binoning orqa tomoni va ichkarisidan olingan kadrlardan esa¸ bino ichkarisining umuman foydalanishga tayyor emasligi¸ hali tsementi qurimagan pol va ustunlarni ko‘rish mumkin.

Xalqning shundoqqina ko‘z o‘ngida qilinayotgan bu lo‘ttibozlikning kimga keragi bor? Prezidentni yosh boladek qilib aldashdan kim obro‘ topmoqchi? O‘zini aldashga qo‘yib beradigan prezidentning xalq oldidagi obro‘si tushib borayaptiku shundoq ham. Bitmagan bu uylarga sarflanayotgan kraskalarni ko‘rib ichi achiydi odamning – bo‘shagan qutilar piramida bo‘lib ketgan. Bir-ikki oy o‘tib bularning hammasi ko‘chib tushadi. Yasama do‘konlarga Toshkentdan keltirilgan tovarlar prezident kelib ketganidan keyin darrov olib ketilishi¸ uylarning asl ahvoli ochilishi aniqku”¸ deydi ohangaronlik tadbirkor Ozodlik bilan o‘zaro suhbatda.

Ohangaron kimni kutmoqda?

Ozodlik gaplashgan ohangaronliklar borayotgan misli ko‘rilmagan ish ko‘lami va unga shaxsan Bosh vazir Abdulla Aripovning bosh-qosh bo‘layotgani turli taxminlarga asos bo‘lganini bildirdilar.

Bizga rasman hech kim hech qachon aytmaydi buni. Lekin xalq orasida 18 kuni Mirziyoev kelarkan¸ degan gap yuripti. Ohangaron tumanining tog‘li dam olish hududida serblar prezidentga yangi rezidensiya qurayapti. Shu yerga o‘tadi¸ degan taxmin bor. Lekin u yerga vertolyotda borsa keragov! Putin bilan birga kelarmish¸ degan mish-mish ham tarqagan. Ohangarondagi sement zavodini rossiyaliklar olgan. Lekin Putinning sement zavodiga kelishiga ishonish qiyin”¸ deydi Ozodlik gaplashgan ohangaronlik sobiq rahbarlardan biri.

17 oktabr kuni Amir Temur ko‘chasidagi ta’mir ishlarida bevosita qatnashayotgan ohangaronlik prorab¸ o‘zlariga bu yerdan “Putin o‘tadi” degan og‘zaki izoh berilganini bildirdi¸ ammo Putinning Ohangarondan qaerga¸ nima uchun o‘tishiga oid ma’lumoti yo‘qligini qo‘shib o‘tdi.

Ozodlik Ohangaron markaziy ko‘chasida tunu kun borayotgan ta’mir¸ obodonlashtirish va bezash ishlarining sababi – kutilayotgan mehmonning kimligini aniqlash maqsadida Ohangaron shahar hokimligi mutasaddilari bilan bog‘landi.

Shahar hokimligi rahbarlaridan biri “prezidentning qachon va nimaga kelishi haqida matbuotga xabar bera olmasligini” aytdi.

Hokimlikning yana bir mutasaddisi esa¸ savolga javob berish o‘rniga Ohangaronga oliy martabali mehmon kelishi xabarining matbuotga qaerdan chiqqani bilan qiziqdi va savolga javob berishdan o‘zini olib qochdi.

18 oktabr kechqurun prezident Vladimir Putin boshchiligidagi qariyb 1000 kishilik rasmiy delegatsiyaning Toshkentga kelishi kutilmoqda. Misli ko‘rilmagan tarzda hozirlik ko‘rilayotgan bu safar davomida Rossiya delegatsiyasi vakillarining turli tadbirlarda qatnashishi kutilmoqda.

Hozircha Ozodlik ixtiyorida Putin safari kun tartibiga oid to‘liq ma’lumot yo‘q. Rasman e’lon qilingan ma’lumotda Putinning Mirziyoev bilan birgalikda Navoiy va Buxoro viloyatlari chegarasida quriladigan AES qurilish loyihasini boshlab berish uchun mazkur hududga borishi aytildi.

XS
SM
MD
LG