Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:31

"Kambag‘alning arzon un-moyi qaerga yo‘qoldi?"


Jizzax viloyatining Do‘stlik tumanidan qo‘ng‘iroq qilgan Husniddin Qarshievning aytishicha, kam ta’minlangan oilalar uchun mo‘ljallangan arzon narxdagi un va yog‘ mahallalarga berilmay qo‘yildi.

Qarshievning gumon qilishicha, mutasaddilar bu mahsulotlarni bozorga chiqarib sotmoqda, chunki bozorda un-yog‘ning narxi ikki baravar qimmat.

“Burnimizning tagidagi “Do‘stlik” don mahsulotlari kombinatida ishlab chiqarilgan arzon un bozorda ikki baravar narxda pullanmoqda. Shu paytgacha kambag‘al oilalar mahalladan har qopini 56 ming so‘mdan olardik. Endi bu ham yo‘q bo‘ldi. Bozorlarga chiqib ketdi. Xalqning ahvoli esa kundan-kun og‘irlashmoqda va bunga odamlar keskin norozilik bildirmoqda”, deydi Husniddin Qarshiev.

OzodMikrofon: Камбағалнинг арзон ун-мойи қаерга йўқолди?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:00 0:00
Бевосита линк

----------------------------------------------------------------------------------------

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG