Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 12:07

Birinchi jahon urushi tugaganiga 100 yil to‘ldi. U fanda nimani o‘zgartirdi?


11 noyabr kuni Birinchi jahon urushi tugaganining 100 yilligi nishonlandi. Qonli urushda 40 million odam umriga zomin bo‘lgan edi.

Birinchi jahon urushi insoniyat tarixini tubdan o‘zgartirdi. Annenberg kommunikatsiya va jurnalistika maktabi tarixchisi Nikolas J. Kall:

- Birinchi jahon urushi tarixdagi o‘ta muhim davr bo‘lib, unga yetarlicha ahamiyat berilmaydi. Urush odamlar kelajak orzusini, xalqlar hamkorlikka erishilsa, hammasi yaxshiroq bo‘lishi haqidagi optimizmni izhor qilishga muvaffaq bo‘lganidan keyin, o‘z yakuniga etgan, - dedi.

Urush, shuningdek, dunyo xaritasini tubdan o‘zgartirdi. Rossiya mamlakat ichidagi isyon – Oktabr inqilobi tufayli urushdan chiqishga majbur bo‘ldi.

Yaqin Sharq esa, Turkiya mag‘lubiyati hamda Britaniya Falastinda Isroil davlatini qurishni va’da qilishi ortidan tubdan o‘zgardi. Yevropada esa Uchinchi reyx kuch to‘plab kelar ekan, urushdan charchagan g‘arb davlatlari izolyatsionizm siyosatini tanladi. Natijada Uchinchi reyx tobora kuchayib, Ikkinchi jahon urushi hamda Xolokost ro‘y berdi.

Urush tibbiyot sohasida ham katta o‘zgarishlarga turtki bo‘ldi. Kek tibbiyot maktabi professori Karl Chudnofskiy bunday deydi:

- Birinchi jahon urushidan oldin dunyo bo‘ylab eskirib qolgan tibbiyotga amal qilinar edi. Ammo Birinchi jahon urushi davrida eng yashi shifokorlar hamda tadqiqotchilar urushda qatnashdi. Ular bemorlarga qarar ekanlar, insoniyat sog‘lig‘iga katta ta’sir ko‘rsatgan kashfiyotlar qilindi.

Chudnofskiyning so‘zlariga ko‘ra, urush davomida askarlarni davolash uchun kasalliklarni o‘rganish hamda ularning oldini olishga katta e’tibor qaratilgan. Natijada nafaqat harbiylar, balki oddiy fuqarolar – umuman hamma uchun foydali kashfiyotlar qilingan. Xususan, urush yillarida tuberkulyoz tashxisini qo‘yish yo‘li hamda qoqshol davosi topilgan, terlama (tif) vaktsinasi ishlab chiqilgan, tanosil kasalliklari oldini olish hamda operatsiya davomida dizinfekssiya qilish yo‘llari topilgan.

Bemorlarni hamda yaralanganlarga qaysi ketma-ketlikda yordam ko‘rsatish qoidalari Birinchi jahon urushi okoplarida yuzaga keldi. Urush yillarida o‘ylab topilgan ko‘chma shifoxonalar hamda tibbiy poezdlar jarohat olganlarni evakuatsiya qilishga hamda minglab odam umrini saqlab qolishga ko‘maklashgan.

Birinchi jahon urushiga “barcha urushlarni tugatuvchi urush” nomi berilgan bo‘lsa-da, oradan 20 yildan ko‘proq vaqt o‘tib, Ikkinchi jahon urushi boshlandi.

XS
SM
MD
LG