Линклар

Шошилинч хабар
27 январ 2021, Тошкент вақти: 19:21

Adliya vazirligi 60 000 dollarlik maosh masalasiga aniqlik kiritdi


[Ommaviy axborot vositalarida] “chet eldan keladigan yuqori malakali va malakali mutaxassislarga DAVLAT TOMONIDAN 60 ming dollar oylik to‘lanar ekan, degan umuman asossiz va mantiqsiz fikrlar bildirilgan. Yuqori oylik to‘lashni tashkilotlarning o‘zi hal qiladi, bu chet ellik mutaxassis va ish beruvchining o‘zlari hal qiladigan masaladir. Davlatning bu jarayonga aloqasi yo‘q”, deyiladi Adliya vazirligi bayonotida.

Mahalliy OAV, xususan “Xalq so‘zi” gazetasi Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy davlatlarning malakali mutaxassislari tomonidan mehnat faoliyatini amalga oshirishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingani haqida xabar qilgan edi.

Qarorga tayangan holda gazeta bunday yozgan:

“Yurtimizda yuqori malakali mutaxassislar, deb xalqaro reytingda birinchi 1000 talikka kiradigan oliy ta’lim muassasalarini bitirgan, mutaxassisligi bo‘yicha 5 yildan kam bo‘lmagan ish tajribasiga ega chet el fuqarolari tan olinadigan bo‘ldi. Ularga O‘zbekiston Respublikasida yiliga 60 ming AQSh dollaridan kam bo‘lmagan summada ish haqi belgilanadi.

Malakali mutaxassislar, deganda esa oliy ma’lumotli, mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yillik ish tajribasiga ega chet el fuqarolari tushuniladi. Ularning yillik oylik maoshi miqdori kamida 30 ming AQSh dollarini tashkil etishi mumkin”.

«Xalq so‘zi”ning bu ma’lumotiga tayanib, Ozodlik ham xabar bergan edi.

Adliya vazirligi Prezident qarori noto‘g‘ri talqin qilinishining oldini olish maqsadida, o‘z bayonotida quyidagi sharhni bergan:

Joriy yilning 7 noyabr kuni “O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy davlatlarning malakali mutaxassislari tomonidan mehnat faoliyatini amalga oshirishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorning maqsadi bugungi kunda iqtisodiyotimizni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan xorijiy mutaxassislarni O‘zbekistonga keng jalb qilish, jalb qilganda ham xorij davlatining har qanday fuqarosini emas, balki faqat malakali va yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilishdir.

O‘zbekistonga jalb qilinishi kutilayotgan xodimlar yuqori malakali va malakali chet el mutaxassislari deb ataluvchi ikkita kategoriyaga bo‘lindi.

Buning asosiy sababi, agarda ushbu qarorda belgilangan mezonlarga mos keladigan chet ellik davlatimizdagi tashkilotlar taklifiga binoan mehnat qilish uchun kelsa va belgilangan talablarga javob bersa, ular bir qator imtiyozlarga ega bo‘ladi.

Bu imtiyozlar mamlakatimiz fuqarolari faoliyatiga, ularning maqomlariga yoki boshqa munosabatlariga umuman aloqasi bo‘lmagan masalalardir.

Jumladan, ushbu 2 ta kategoriyaga mos kelgan mutaxassis (yuqori malakali va malakali):

– O‘zbekistonga kelish va ishlash uchun ruxsatnomalarni olishda yengilliklar belgilandi (oldin 2 ta ruxsatnoma olish kerak bo‘lgan), ruxsatnomalar uchun to‘lovlar kamaytirildi, muddati 3 yilgacha uzaytirildi (avval har yilda bir marta qaytadan olishga majbur bo‘lgan);

– o‘rindoshlik asosida O‘zbekiston hududida ishlashi mumkin bo‘ldi;

– O‘zbekistonga kelish uchun viza esa mehnat shartnomasida ko‘rsatilgan muddatga beriladigan bo‘ldi, muddatni uzaytirish uchun chet elga chiqib, ariza berish shart emas, ya’ni O‘zbekiston hududidan chiqib, keyin yana qaytib kirish majburiyati yo‘q;

– mehnat shartnomasi muddatiga xodimning o‘ziga va oila a’zolariga O‘zbekistonda yashash huquqini beruvchi guvohnoma beriladi (vid na jitelstvo).

Ya’ni, ushbu keltirib o‘tilgan va qarordagi boshqa imtiyozlar manzilli ravishda O‘zbekiston uchun eng kerakli mutaxassislarni jalb qilish uchun belgilangan. Bu tajriba ko‘plab mamlakatlarda joriy etilgan.

Oladigan maosh miqdori va boshqa yuqori talablar esa, O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik sub’ektlari, investorlar yoki boshqa tashkilotlar tomonidan tartibsiz ravishda chet eldan har xil mutaxassislarni jalb qilishni oldini olish maqsadida kiritilgan.

XS
SM
MD
LG