Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:45

"Sho‘rtanneftgaz" ishchilari Qashqadaryo hokimligi oldida norozilik aksiyasi o‘tkazdi (VIDEO)


"Шўртаннефтгаз" ишчилари вилоят ҳокимлиги олдида норозилик қилмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:24 0:00
Бевосита линк

"Sho‘rtanneftgaz" ishchilari viloyat hokimligi oldida norozilik qilmoqda

Qashqadaryodagi “Sho‘rtanneftgaz” korxonasining uch yuzdan ziyod sobiq ishchisi rahbariyatning o‘zlarini ishdan bo‘shatish qaroriga norozilik bildirib, 24 noyabr kuni Qarshi shahrida Qashqadaryo viloyati hokimligi Xalq qabulxonasi oldida norozilik namoyishiga yig‘ildi. Ishdan bo‘shatilganlar Ozodlik bilan suhbatda, korxona rahbariyatini mehnat qonunlarini buzganlikda ayblashdi.

“Sho‘rtanneftgaz” korxonasida 17 yil qo‘riqchilik qilgan ishchilardan biri, shu oy boshida ogohlantiruvsiz bo‘shatilishi ortidan namunali uyga olgan kreditini to‘lay olmay, ko‘chada qolganini aytadi.

- Bu korxonaga ishonib namunali uyga kredit olganlar ko‘p. Men ham olganman, lekin 324 ishchini bir kunda ogohlantirmasdan ko‘chaga haydayapti. Shuncha odam oilasini qanday boqadi endi?”, deydi “Sho‘rtanneftgaz”ning sobiq qo‘riqchisi.

Lekin, 24 noyabr kuni Qashqadaryo viloyat hokimligi xalq qabulxonasi oldiga yig‘ilganlarni hech kim qabul qilmagan.

- "Bugun qabulxonada hech kim yo‘q, tarqalinglar" deyishdi. Biz "O‘zbekneftgaz" boshlig‘i Bahrom Ashrafxonovning Qarshiga kelganini eshitib, hokim bilan birga bizni qabul qilarmikan, degan umidda bu yerga yig‘ilgan edik, - deydi “Sho‘rtanneftgaz” korxonasi sobiq ishchisi.

"Шўртаннефтгаз" ишчилари вилоят ҳокимлиги олдида норозилик қилмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:24 0:00
Бевосита линк

Ishdan bo‘shatilayotgan 324 ishchining barchasi korxona qo‘riqchilaridir.

O‘zbekneftgaz"dan olingan ma’lumotga ko‘ra, norozi ishchilarning talablarini o‘rganish uchun maxsus ishchi guruh tuzilgan.

“Sho‘rtanneftgaz” mulozimlaridan biriga ko‘ra, 2 noyabr kuni korxonadagi “Tezkor qo‘riqlash xizmati” bo‘limi butunlay tugatilib, uning o‘rniga IIVning qo‘riqlash xizmati bilan shartnoma tuzilgan.

“Korxona Ichki ishlar bo‘limining Qo‘riqlash xizmati bilan imzolagan shartnomaga muvofiq, bundan keyin korxonaning neft, gaz quvurlarini qo‘riqlash ichki ishlar xodimlari zimmasiga yuklatildi”, dedi “Sho‘rtanneftgaz” mulozimi.

Mamlakatdagi eng yirik gaz qazib chiqarish korxonalaridan biri bo‘lgan "Sho‘rtanneftegaz” - "O‘zbekneftegaz" milliy xolding kompaniyasining sho‘’ba korxonasidir.

Ozodlik bog‘langan ishchilarning aytishicha, endilikda ular O‘zbekiston prezidenti qabulxonasiga murojaat etishmoqchi.

-Yagona umidimiz Shavkat Miromonovichdan endi, - deydi “Sho‘rtanneftgaz” korxonasi sobiq ishchisi.

“Sho‘rtanneftgaz” korxonasi 1980 yilda tashkil topgan bo‘lib, gaz qazib olish, gaz, neft konlarini ishlatish, gazni va gaz kondensatini tayyorlash va qayta ishlash bilan shug‘ullanadi.

Hozirda "Sho‘rtanneftegaz" jami 21 ta neft va gaz kondensati konlaridan foydalanmoqda.

"Sho‘rtanneftegaz"ning yillik gaz ishlab chiqarish hajmi qariyb 15 milliard kub metrni tashkil qiladi. Bu mamlakat bo‘yicha yillik gaz ishlab chiqarishning to‘rtdan biriga to‘g‘ri keladi.

Shuningdek, korxona 175 ming tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqarish quvvatiga ega.

XS
SM
MD
LG