Линклар

Шошилинч хабар
15 декабр 2019, Тошкент вақти: 03:25

Beshariqda hokimiyatdan 16 ming dollarga yer olib berishni va’da qilgan guruh ushlandi


Illyustrativ surat

Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanida Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti​ (Departament) xodimlari yer uchastkasini ajratishda firibgarlik bilan shug‘ullangan jinoiy guruh - ikki kishini qo‘lga oldi.

Departamentning Beshariq tuman bo‘limi mulozimi Ozodlikka mazkur holat yuzasidan 26 noyabr kuni Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov olib borilayotganini bildirdi.

Бешариқда ҳокимиятдан 16 минг долларга ер олиб беришни ваъда қилган гуруҳ ушланди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:00 0:00
Бевосита линк

Jabrlanuvchi sifatida ko‘rilayotgan 36 yoshli Nuriddin Hamroqulovning Ozodlikka aytishicha, ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani aytilayotgan ikki kishi, uning murojaatiga asosan, 23 noyabr kuni Beshariq tumanidagi 16 sotix yer maydonini uy-joy qurish uchun ajrattirib berish evaziga 8000 AQSh dollarini olgan vaqtda ushlangan.

Beshariq tumani hokimiyatida tanish-bilishi borligini aytib, yer uchastkalar ajratish va rasmiylashtirish masalasini hal qilishga va’dalar bergan bu shaxslar "yordami" uchun Hamroqulovdan jami 16 ming AQSh dollari talab qilgan.

- Ular 16 sotix yerni taklif etishdi 16 ming AQSh dollariga. Shu yerning qonuniyligini surishtirib, Beshariq tuman prokuraturasi qoshidagi Departamentga murojaat qildim. Shundan so‘ng ular guruhning ketidan tushishdi. 23 noyabr kuni jinoyatchi to‘da bilan garajda uchrashishga kelishdik, bu haqda Departamentga aytdim. 8 ming AQSh dollarini ularga olib borib berdim, pulni sanab boshlashi bilan Departament xodimlari bosishdi, - dedi Nuriddin Hamroquloa.

Departamentning Beshariq tumani bo‘limi mulozimi mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bo‘yicha 26 noyabr kuni jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov olib borilayotganini bildirdi.

Mulozim qo‘lga olingan shaxslarning ismi va qaerda ishlashini ochiqlamadi.

- Kecha bu ish bo‘yicha jinoyat ishi ochildi, tergov siri yuzasidan ma’lumot berolmayman, - dedi Departament mulozimi.

Nuriddin Hamroqulovning iddaosicha ayblanuvchilar unga tuman hokimiyatida tanishlari borligi, amakisi tuman kengashi deputati ekanini aytgan:

- Bular fermerlarning yerlarini olib qo‘yib, boshqalarga sotayotganini eshitardimu ishonmas edim. Lekin mana aniq bo‘ldiki, demak uyushgan jinoyatchi to‘da bor ekan Beshariqda. Bularning odamlari hokimiyatda ham bor ekan. Qo‘lga olinganlardan birining amakisi Beshariq tuman kengashi deputati Abdurahmon Isoqovdir. "Amakim qilib beradi, ishonavering" degan menga. Yana bir qarindoshi tuman Arxitektura bo‘limida ishlaydi. Kadastrda ham odamlari bor bularni, - deb iddao qildi Hamroqulov.

Ma’lum bo‘lishicha, tergov doirasida Isoqov ham so‘roq qilingan va qo‘yib yuborilgan.

Ozodlik bu iddaolar yuzasidan Beshariq tumani kengashi deputati Abdurahmon Isoqovning o‘zi bilan bog‘landi va undan izoh so‘radi.

- Mening bu ishga umuman aloqam yo‘q. Bitta aloqador joyim -gumonlanuvchilardan biri akamning o‘g‘li bo‘lgani uchun bular mendan shubha qilishyapti. Sizdan oldin bular mening ustimdan prokuraturaga yozishgan. Lekin bu ishlarga meni umuman aloqam yo‘q, - dedi Isoqov.

Beshariq tuman hokimligi rasmiylaridan esa, yer bilan firibgarlik haqidagi iddaolar yuzasidan izoh olib bo‘lmadi.

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti ma’lumotiga ko‘ra, 2018 yilning o‘tgan davrida yer ajratish uchun hujjatlarni tayyorlab berish bo‘yicha 156 ta korruptsiya holatlari aniqlanib, jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Ularning 61 tasi uy-joy, 44 tasi dehqonchilik va tomorqa, 33 tasi tadbirkorlik qilish va 18 tasi boshqa holatlar bilan bog‘liq.

Qo‘lga olinganlar orasida viloyat va tuman hokimligi mulozimlari ham bor.

XS
SM
MD
LG