Линклар

Шошилинч хабар
10 май 2024, Тошкент вақти: 23:13

Qirg‘iz militsiyasi amaldagi prezident saylovda qancha pul sarflaganini tekshirmoqchi


So‘o‘ro‘nbay Jeenbekovning saylov arafasidagi targ‘ibot bannerlari.
So‘o‘ro‘nbay Jeenbekovning saylov arafasidagi targ‘ibot bannerlari.

Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi amaldagi prezident So‘o‘ro‘nbay Jeenbekovning saylovoldi targ‘ibot shtabi rasman e’lon qilinganidan ko‘p mablag‘ ishlatgani to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tekshiradigan bo‘ldi.

Қирғиз милицияси амалдаги президент сайловда қанча пул сарфлаганини текширмоқчи
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:05 0:00

Ichki ishlar vazirligining bildirishicha, sobiq prezident Almazbek Atambaev bu ma’lumotlarning to‘g‘ri ekanini tasdiqlay oladigan odamlardan ayrimlari, jumladan, saylov shtabi hisobchisi Nurjan Satigul qizi, keyinroq esa uning o‘g‘li Adilet Satigulov hayotiga tahdid paydo bo‘lgani ortidan Qirg‘izistonni tark etgani to‘g‘risida bayonot berganidan so‘ng tekshiruv o‘tkazishga qaror qilingan. Vazirlik bundan boshqa ma’lumotlarni oshkor etmadi.

Bosh vazirning sobiq o‘rinbosari Abdrahman Mamataliev Ichki ishlar vazirligi bu ma’lumotlarni xolis tekshirishiga ishonishini aytdi:

- Tekshiruv natijalarini kutib turish kerak, albatta, natijasi chiqadi. Bu ma’lumot vaziyatni keskinlashtirish uchun tarqatilganini va kim tomonidan tarqatilganini hamma sezib turibdi,- dedi Abdrahman Mamataliev.

Biroq qirg‘iz jamiyatida bu ma’lumotlar xolis tergov qilinishiga ishonmaydiganlar ham anchagina. Ulardan biri Konstitutsiyaviy palataning sobiq sudyasi Klara So‘o‘ro‘nkulova.

-Bu tekshiruv nihoyasiga yetkaziladi va qandaydir xulosalar qilinadi, degan fikrdan olisman. Bu yerda saylov shtabi “qora kassa” orqali yashirilgan pullarni sarflagani to‘g‘risida gap ketayapti. “Qora kassa” deganning o‘ziyoq qonunga zid keladi. Bu ma’lumot jamoatchilikda katta shubhalarni paydo qildi. Biroq oxir-oqibat bu ma’lumotlar tasdiqlanmadi, degan xulosa e’lon qilinsa kerak, - dedi Klara So‘o‘ro‘nkulova.

Bundan bir oz avvalroq Jeenbekovning saylov shtabida ekspert bo‘lib ishlagan rossiyalik Aleksey Vasilivetskiy jamoatchilikka huquq faoli Nurbek To‘qtakunov tomonidan oshkor etilgan hujjatda ko‘rsatilgani kabi 170 ming dollar miqdorida gonorar olganini tasdiqlagan va hayotiga tahdid paydo bo‘lgani ortidan Qirg‘izistonni tark etganini aytgan.

Undan avvalroq esa prezident saylov shtabini boshqargan Farid Niyozov va amaldagi prezident mansub bo‘lgan sotsial -demokratlar partiyasi bu ma’lumotlar “haqiqatga yaqin ekani”ni bildirgan.

Bishkeklik huquq faoli Nurbek To‘qtaqunov 15 noyabrda Feysbukdagi sahifasida amaldagi prezident So‘o‘ro‘nbay Jeenbekov prezident saylovida rasman e’lon qilinganidan ko‘p mablag‘ xarjlaganini va buni yashirganini iddao qilgan hamda “Jeenbekovdan ham, Atambaevdan ham ko‘ngli qolgan” odam taqdim etgan ro‘yxatni e’lon qilgan edi.

Faolning iddao qilishicha, So‘o‘ro‘nbay Jeenbekovning saylov shtabi Markaziy saylov komissiyasi e’lon qilgani kabi 158 million 96 ming 175 so‘m emas, balki 1 milliard 170 million 265 ming 187 qirg‘iz so‘mi hamda 6 million 855 ming 700 AQSh dollar, jami bo‘lib taqriban 23 million dollar pul sarflagan.

Nurbek To‘qtaqunov fikricha, bu holat prezidentga impichment e’lon qilish uchun asos bo‘la oladi.

Ayni paytda bu ma’lumotlar bugungi hokimiyatni obro‘sizlantirish maqsadida uchinchi kuchlar tomonidan jamoatchilikka maxsus sizdirilmoqda, degan fikrlar ham mavjud.

XS
SM
MD
LG