Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2021, Тошкент вақти: 14:13

Farg‘onalik blogger: GAI xodimi meni urdi, endi o‘zimni qamashmoqchi...


Lochinbek Tilaboldiev Ozodlik bilan suhbatda hokimiyat vakiliga qo‘l ko‘tarishda ayblanib, o‘zi qamalish xavfi ostida qolganini aytdi. 

Ijtimoiy tarmoqlarda 3 dekabr kuni yo‘l harakati xavfsizligi inspektorlari kaltaklaganini iddao qilib, ular bilan janjallashayotgani aks etgan videoni tarqatgan bloger Lochinbek Tilaboldiev, Ozodlik bilan suhbatda, hokimiyat vakiliga qo‘l ko‘tarishda ayblanib, qamalish xavfi ostida qolganini aytdi.

“Meni GAI xodimini urib, bo‘ysunmaganlikda ayblashyapti, avtomashinamni olib qo‘yishgan, menga nisbatan tergovoldi surishtiruv boshlangan, o‘zimni qamashmoqchi. Lekin, GAI xodimi meni urdi, tayog‘i meni kaltaklagan paytda singan, endi o‘zimni qamashmoqchi, - dedi Tilaboldiev 7 dekabr kuni Ozodlikka bergan suhbatida. ​

Tilaboldiev videoda YHP xodimlari kaltaklaganini da’vo qiladi.
Tilaboldiev videoda YHP xodimlari kaltaklaganini da’vo qiladi.

Lekin, Tilaboldiev tarqatgan videoda kaltaklash sahnasi aks etmagan.

Blogger iddaosicha, yo‘l-patrul xizmati xodimlari telefonidagi kaltaklanish tasvirlarini o‘chirib tashlashgan.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:12:35 0:00
Бевосита линк

Jizzax IIBsi matbuot xizmatining 5 dekabr kuni e’lon qilgan "Sharmandaga shahar kengmi?" sarlavhali bayonotida, yo‘l-patrul xizmati xodimlari haydovchining emas, aksincha, haydovchining sherigi YPX xodimining yuziga musht tushirib, unga tan jarohati yetkazgani, haydovchining o‘zi YPX xodimi jezlini asfaltga urib sindirgani ta’kidlanadi.​

O‘zbekiston Jinoyat kodeksida hokimiyat vakiliga qo‘l ko‘tarish besh yilgacha bo‘lgan qamoq jazosini ko‘zda tutishi aytiladi.

Blogger Tilaboldiev O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevga videomurojaat bilan chiqdi. "Ular meni jinoyatchiga chiqarishyapti, otam yoki onam organda ishlaganida boshqacha bo‘lar edi. Bu ishni odilona ko‘rib chiqishni so‘rayman", - deydi Tilaboldiev o‘z murojaatida.

O‘zbekistonda militsiya xodimlari va haydovchilar orasidagi janjallar haqidagi videolar birinchi bor paydo bo‘layotgani yo‘q.

Прокуратура ИИБ ходимлари ва блогер ўртасидаги жанжални текширмоқда. Сизнингча ким ҳақ?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:24 0:00

Shu yilning may oyida Samarqandning Urgut tumanida militsiya xodimlari keksa yoshdagi haydovchi bilan mushtlashayotgani aks etgan videoni Ozodlik e’lon qildi.

O‘tgan yilning mart oyida Ozodlik Jizzax shahri markazida militsiya zobiti o‘rta yoshlardagi ayolning sochini ikki qo‘li bilan tortayotgani aks etgan videoni e’lon qilgan edi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 2017 yil fevral oyida o‘tkazgan selektor yig‘ilishida militsiya faoliyatini qattiq tanqid qilib, xalqning ulardan norozi ekanligini uqtirgan edi.

XS
SM
MD
LG