Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 16:37

Islom Karimov: Onam mamlakatdagi o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlashga qaror qildi


Islom Karimov (BBC O‘zbek xizmatiga bergan videointevyusidan olingan kadr)
Islom Karimov (BBC O‘zbek xizmatiga bergan videointevyusidan olingan kadr)

O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimovning nabirasi, Britaniyada yashayotgan 25 yashar Islom Karimov o‘zining Instagramdagi sahifasida qoldirgan postida onasi – Gulnora Karimovaning ijtimoiy hayotga qaytishiga ishora qildi.

"Mamlakatimizning yangi rahbariyati tashabbusi bilan ko‘plab yangi loyihalar amalga oshirilmoqda va ular O‘zbekistonga yaxshiroq kelajakni ta’minlaydigan qudratli bazani qurishga imkoniyat beradi. Shuning uchun onam moliyaviy va jismoniy tomondan qo‘lidan kelganicha mamlakatdagi yangi o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlashga qaror qildi",- degan Islom Karimov.

Uning yozishicha, onasi – Gulnora Karimova mamlakatdagi jarayonlarga "moliyaviy va jismoniy" yordam qilishga va’da beradi.

Gulnora Karimova qaerda?

2017 yil 28 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Uyushgan jinoyatchilik va korruptsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi Bosh prokuratura rasmiy saytida "G.Karimovaga nisbatan jinoyat ishlari yuzasidan xabar" e’lon qilgan edi.

2-3 oktabr kunlari Bosh prokuratura rasmiy saytidan topilmagan bu hujjatda¸ Gulnora Karimovaga Toshkent viloyati sudining 2015 yil 21 avgustdagi hukmi bilan 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangani aytilgan.

3 oktabr kuni O‘zbekiston Bosh prokuraturasi "Gulnora Karimovaning qonunda nazarda tutilgan tarzda O‘zbekistonda jazo o‘tamokda"¸ degan bayonotni yana bir bor takrorladi.

4 sentabr kuni Stokholm sudida boshlangan mahkama jarayonida shved prokurori Gunnar Stetler¸ Gayane Avakyan¸ Rustam Madumarov kabi Gulnora Karimovaga yaqin shaxslar nomiga ochilgan offshor shirkatlari¸ ularga qarashli aksiya va boshqa boyliklarning asl egasi aynan Gulnora Karimova ekanini tasdiqlovchi faktlarni taqdim etgani haqda Ozodlik xabar qilgan edi.

XS
SM
MD
LG