Линклар

Шошилинч хабар
15 ноябр 2019, Тошкент вақти: 12:07

“To‘polon” ortidan buxorolik tadbirkorlar ishi Bosh prokuratura nazoratiga olindi


“Дилкушо” бозоридан қувилган 100 га яқин бухоролик тадбиркор вилоят прокурорига арзга борди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:19 0:00

“Dilkusho” bozoridan quvilgan 100 ga yaqin buxorolik tadbirkor viloyat prokuroriga arzga bordi

10 dekabr kuni yuzdan oshiq tadbirkorning Buxoro viloyat prokuraturasiga arz qilib borganiga 12 dekabr kuni rasman munosabat bildirgan O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Ozodlikka “masalaning nazorat ostida ekani” va muammo “hal etilishi”ni ma’lum qildi.

O‘tgan yil shahar markazidagi “Dilkusho” bozoridagi do‘konlari buzilganidan beri na kompensatsiya¸ na yer va na eski bozor o‘rnida qurilayotgan savdo kompleksidan do‘kon ololmay sarson yurgan tadbirkorlar vakillari Ozodlikka 10 dekabr kungi “to‘polon”dan so‘ng shaharga yana Bosh prokuratura vakillari kelganini bildirdi.

Bosh prokuratura javobi

12 dekabr kuni O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati “Dilkusho” bozori buzilganidan beri qonunda ko‘rsatilgan biror haqqini ololmay yurgan buxorolik tadbirkorlarning 10 dekabr kuni viloyat prokuraturasiga qilgan “yurishi” xususida ma’lumot berdi.

Rasmiy bayonotda¸ 2017 yil aprel-may oylarida buzilgan “Dilkusho” bozorida ishlab kelgan tadbirkorlarning hammasiga shahar hokimi qarori bilan “Buxoro shahri markazida joylashgan sobiq mebel fabrikasi hududidan yer berilgani”¸ ammo fuqarolar buni xohlamagani aytiladi.

Bayonotda aytilishicha¸ 10 dekabr kuni “Dilkusho” bozori buzilgungacha bu yerda ishlab kelgan jami 123 nafar tadbirkor “Buxoro shahar hokimi, prokurori va IIB boshlig‘i ishtirokida viloyat prokuraturasining katta majlislar zalida qabul qilinib, har birlari bilan suhbatlashib olingan va ularning talablari o‘rganib chiqilishi va ijobiy hal etilishi haqida kelishib olingan.”

Bosh prokuratura mulozimining ta’kidicha¸ “masala nazorat ostida¸ hal etiladi”; natijasi haqida qo‘shimcha ravishda ma'lum qilinadi.

“Toshkentdan gruppa keldi”

O‘tgan yil boshida shaharning markaziy qismidagi “Dilkusho” bozori buzilganidan beri ishsiz va daromadsiz qolgan 600 tadbirkordan 100 dan oshig‘i 10 dekabr kuni o‘z noroziligini bildirish uchun viloyat prokuraturasiga borgani haqida Ozodlik o‘sha kuniyoq xabar bergan edi.

12 dekabr kuni Ozodlik muxbiri bog‘langan buxorolik tadbirkorlar “masalaning nazoratga olingani” haqidagi Bosh prokuratura rasmiy javobini tasdiqladilar.

Dushanba (10 dekabr) tungi soat 11 da bizga voqeadan Bosh prokurorning o‘zi xabardor ekani va uni hal qilish uchun Toshkentdan guruh yuborganini aytishdi. Bilishimizcha¸ kecha va bugun Bosh prokuraturadan yuborilgan ikkita odam shug‘ullanayapti. Hozircha biz bilan uchrashgani yo‘q lekin”¸ dedi 10 dekabr kuni Buxoro viloyat prokuraturasiga arz borgan tadbirkorlardan biri.

So‘nayozgan umid

12 dekabr kuni o‘z shikoyatlarining Bosh prokuratura nazoratiga olinib¸ uni “ijobiy hal qilish” urinishlari boshlanganini olqishlagan tadbirkorlar namoyandalari¸ bunday va’daning avval ham bir necha marta berilganini tilga oldilar.

Ikki yildan beri viloyat prokurori Bosh prokuraturaga¸ prezident portaliga “suhbatlashdik¸ o‘rganamiz¸ ijobiy hal qilamiz” degan javobni ko‘p marta bergan. Lekin masala hal qilingani yo‘q¸ har safar Mebel fabrikasi o‘rnidan joy berdik¸ bular olmayapti¸ degan bahona bilan bu yerdagilar o‘z bilganini qilib kelayapti”¸ deydi Ozodlikka shaxsi ochiqlanmasligini so‘rab gapirgan tadbirkorlardan biri.

Ozodlik suhbatdoshlariga ko‘ra¸ shahar markazidagi “Dilkusho” bozoridan o‘z do‘konlariga boshma-bosh joy bermaslik uchun taklif etilgan Mebel fabrikasi prokuratura xatida yozilgani kabi¸ shahar markazida joylashgan emas.

Bu zax bosgan¸ chekka bir joy. Biz pulini oldindan bersak¸ bizga shu yerdan bir qavatli do‘kon qurib berishar emish. 30-40 tadbirkor rozi bo‘lib¸ pulini berdiyam. Hozirgacha na do‘kon bor¸ na pul”¸dedi shahar hokimi yechim sifatida taqdim etib kelayotgan bu taklifga ko‘nmayotgan tadbirkorlardan yana biri.

“Dilkusho” bozorida yillar davomida savdo qilib kelgan tadbirkorlar prokuraturadan o‘zlariga berilgan birlamchi va’da - “Dilkusho” dehqon bozori hududida qurilayotgan yangi savdo kompleksidan savdo do‘konlari ajratib berishni talab qilmoqdalar.

Ozodlik bilan 12 dekabr kungi suhbatda tadbirkorlar vakillari bu talablari qondirilmaguncha¸ qonunda ko‘zda tutilgan barcha idoralar eshiklarini qoqishni, qonuniy talablarini to‘xtatmasliklarini, bildirdilar.

XS
SM
MD
LG