Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 20:12

Tadbirkor ayol: Noqonuniy sotilgan do‘konlarimni 6 yildan beri qaytarib ololmayapman!


Samarqandning Pastdarg‘om tumanidagi “Balxiyon” mahallasida yashovchi 60 yashar tadbirkor Gulbahor Ro‘zieva, 12 dekabr, 2018 yil
Samarqandning Pastdarg‘om tumanidagi “Balxiyon” mahallasida yashovchi 60 yashar tadbirkor Gulbahor Ro‘zieva, 12 dekabr, 2018 yil

Samarqandning Pastdarg‘om tumanidagi “Balxiyon” mahallasida yashovchi 60 yashar tadbirkor Gulbahor Ro‘zieva 6 yildan beri sudga qatnaydi.

OzodMikrofon rukniga bog‘langan ayolning iddaosicha, “Pastdarg‘om buyum-savdo" bozori hududida o‘z hisobidan qurgan uchta do‘kondan ikkitasi bozor va mahalliy hokimiyatning o‘sha paytdagi mansabdorlari ishtirokida noqonuniy ravishda sotib yuborilgan.

Savdo sohasida 20 yildan buyon ishlayotganini aytgan ayol uchta do‘kon qurilishi va ishga tushirilishi uchun 300 million so‘mdan ortiq mablag‘ sarflaganini aytadi.

Tadbirkor Gulbahor Ro‘zievaga ko‘ra, 2010 yilda qayta qurilgan “Pastdarg‘om buyum-savdo” bozorida 161 ta do‘kon qurilgan.

- Men 300 million so‘mdan ortiq mablag‘ sarflab, uchta do‘kon qurdim. Biri turmush o‘rtog‘im, biri o‘g‘lim va biri singlimning nomiga rasmiylashtirilgan, hamma hujjatlarim bor. Lekin, ikkita do‘konimni bizdan bekitiqcha, soxta notarial hujjatlar bilan sotib yuborishgan. 6 yildan beri sudga qatnayman, - deydi Gulbahor Ro‘zieva.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:42 0:00
Бевосита линк

Prezident Mirziyoevning tadbirkorlarga bergan va’dalariga umid qilgan pastdarg‘omlik ayol Ozodlik radiosi orqali murojaat yo‘llash o‘z haqlarini tiklash yo‘lidagi so‘nggi umidi ekanini aytadi.

* * * * * * * * * * * * * * * * *
“Erkin mikrofon” rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG