Линклар

Шошилинч хабар
07 декабр 2019, Тошкент вақти: 16:38

Hamkorlik-2019: O‘zbekistondan - texnika, Qirg‘izistondan - kartoshka va sement (VIDEO)


Bosh vazirlar Abdulla Aripov va Muhammedqaliy Abilg‘aziev O‘sh uchrashuvi paytida.

O‘zbekiston va Qirg‘izistonning chegaradosh viloyatlari rahbarlari kengashining O‘sh shahrida 18 dekabrda bo‘lib o‘tgan ikkinchi majlisida bosh vazirlar Abdulla Aripov va Muhammedqaliy Abilg‘aziev ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamda investitsion hamkorlik to‘g‘risidagi yo‘l xaritasini imzoladi

-Biz Qirg‘iziston Respublikasi bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik qilish niyatimizda sobit ekanimizni yana bir bor tasdiqlaymiz,-dedi O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov uchrashuv paytida.

Qirg‘iziston bosh vaziri Muhammedqaliy Abilg‘aziev esa:

-2017 yilning 10 oyi ichida davlatlarimiz o‘rtasidagi savdo aylanmasi 300 million dollar atrofida bo‘ldi. Biroq biz bu ko‘rsatkichni 500 million dollarga yetkazish ustida ishlaymiz,-deb bildirdi.

Qirg‘iziston qishloq xo‘jalik vaziri Nurbek Murashev O‘sh uchrashuvida muhokama qilingan savdo -iqtisodiy hamkorlik masalalarining ayrimlarini jurnalistlarga ma’lum qildi:

-O‘zbekistonga Qirg‘izistondan kartoshka olib kirishda muammolar mavjud edi. Bu masalani bugun gaplashdik va hal qildik. O‘zbekiston tomoni bizga 45ta tashkilotning ro‘yxatini berdi, bu tashkilotlar soni 70taga yetishi mumkin. O‘zbekistonga qirg‘iz kartoshkasini sotishda endi hech qanday muammo bo‘lmaydi. Ayni paytda biz O‘zbekistondan qishloq xo‘jalik texnikalarini sotib oladigan bo‘ldik, -dedi vazir.

Ayni paytda Qirg‘izistonning janubiy viloyatlaridagi sement zavodlarida ishlab chiqarilgan mahsulotni ham O‘zbekiston sotib olishi to‘g‘risida kelishuvga erishilgan.

Andijon viloyatining hokimi Shuhrat Abdurahmonovning aytishicha, uchrashuv paytida O‘sh viloyati tadbirkorlari bilan 5 million dollarlik shartnomalar imzolandi.

-Birgina Andijon viloyati bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi savdo aylanmasi 95 million dollarni tashkil qildi. Bugungi uchrashuv davomida yana 5 million dollarlik shartnomalarni imzoladik. 2018-2019 yillar uchun Qirg‘iziston bilan yana 210 million dollarlik shartnomalarimiz bor, - dedi Shuhrat Abdurahmonov.

Андижон вилояти ҳокими ўзбек-қирғиз ҳамкорлиги хусусида
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:05 0:00

Uchrashuvda O‘zbekiston-Qirg‘iziston madaniy aloqalari masalasi ham muhokama qilingan. Bu haqda O‘zbekiston madaniyat vaziri o‘rinbosari Ozodbek Nazarbekov gapirib berdi:

-Hamkorlikda kinolar olish va spektakllar o‘ynash masalalari kun tartibiga chiqdi. Xabaringiz bor, yozda o‘zbekistonlik bir qator artistlarga Tojikiston xalq artisti unvonlari berildi va tojikistonlik bir nechta san’atkorlarga ham O‘zbekiston xalq artisti unvonlari berildi. Agar qirg‘iz san’atkorlari bilan ham hamkorlikda yaxshi loyihalarni amalga oshirsak, bu prezidentlar nazaridan chetda qolmaydi, deb o‘ylayman,- dedi Ozodbek Nazarbekov.

Озодбек Назарбеков ўзбек-қирғиз маданий алоқалари ҳақида
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:40 0:00

O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara viloyatlari rahbarlari Kengashi 2017 yil sentabrida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning Qirg‘izistonga davlat tashrifi doirasida imzolangan Bitim asosida tashkil etilgan edi.

Kengashning birinchi majlisi shu yilning 29-30 mart kunlari Farg‘ona viloyatida bo‘lib o‘tgan.

XS
SM
MD
LG