Линклар

Шошилинч хабар
29 ноябр 2020, Тошкент вақти: 13:25

Osiyo futbol konfederatsiyasi O‘zbekiston vakili faoliyatini 2 oyga to‘xtatib qo‘ydi


Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) vakili Bekzod Mirtemirovni 2 oyga ishidan chetlashtirdi.

Konfederatsiya rasmiy saytida berilgan xabarga ko‘ra, Mirtemirov ishini tashkilotning Dissiplina va etika masalalari bo‘yicha qo‘mitasi to‘xtatishga qaror qilgan.

Konfederatsiya saytida berilgan press-relizda shunday deyiladi:

"O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rasmiysi Bekzod Mirtemirov Distsiplina va etika masalalari bo‘yicha qo‘mita raisi tomonidan Distsiplina va etika kodeksining 104-moddasini buzgani uchun 2 oyga barcha turdagi futbol faoliyatidan chetlashtiriladi.

Mirtemirov OFK tekshiruviga hamkorlik qilmagani uchun ishidan chetlashtiriladi. U OFK tomonidan Kuala-Lumpurda intervьyu berish uchun yo‘llangan so‘rovga belgilangan muddatda javob bermadi. Ayni paytda, OFK qo‘shimcha ma’lumotlarni yig‘ishda davom etmoqda, shu bois, tekshiruv yakuniga yetgunicha, biror izoh berilmaydi".

​Championat.asia nashrining yozishicha, Bekzod Mirtemirov O‘FAda tarjimon bo‘lib ishlaydi. Hozircha Mirtemirovning o‘zi bu bayonotga biror munosabat bildirgani haqida Ozodlikda ma’lumot yo‘q.

Shuningdek, O‘FA ham o‘z xodimining ishdan chetlatilganiga doir AFK qaroriga biror izoh bermadi.

XS
SM
MD
LG