Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:17

Keyingi yildan Toshkentda MGIMO filiali ish boshlaydi


O‘zbekiston va Rossiya Tashqi ishlar vazirlari Abdulaziz Komilov va Sergey Lavrov.
O‘zbekiston va Rossiya Tashqi ishlar vazirlari Abdulaziz Komilov va Sergey Lavrov.

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov keyingi yilda Toshkentda MGIMO – Xalqaro munosabatlar bo‘yicha Moskva davlat instituti filiali ishga tushirilishini e’lon qildi. Institutda O‘zbekiston poytaxtida hozircha magistratura yo‘nalishi bo‘yicha qabul bo‘lishini ma’lum qilishdi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga qarashli mamlakatning eng nufuzli oliy o‘quv yurti – MGIMO Boku va Toshkentda o‘z filiallarini ochishga hozirlik ko‘rmoqda.

Xalqaro munosabatlar bo‘yicha Moskva davlat instituti rahbariyati bilan 20 dekabr kuni Moskva shahrida bo‘lgan uchrashuvda bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi.

- Ozarbayjon va O‘zbekiston rahbariyati iltimosiga binoan universitet bu mamlakatlarda o‘z filiallarini ochish bo‘yicha tayyorgarlik ishlarini olib bordi. Bugun biz MGIMO ustaviga tegishli o‘zgartish kiritamiz va bu Boku va Toshkentda filial ochishga imkoniyat yaratadi. Albatta, bu qadam Rossiyaning MDH davlatlari hududida insonparvarlik ishtirokini kengaytirishga olib keladi, dedi Sergey Lavrov.

Rossiya Federatsiya Tashqi ishlar vaziri MGIMO o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqib, Rossiyaning tashqarisidagi idoralarga kadrlarni tayyorlashga tushganini ham aytdi.

MGIMO rektori A.V.Torkunov va JIDU rektori A.A.Abduvohitov,19.10.2018
MGIMO rektori A.V.Torkunov va JIDU rektori A.A.Abduvohitov,19.10.2018

Xalqaro munosabatlar bo‘yicha Moskva davlat institutida Ozodlik murojaatIga kelgusi yildan hozircha magistratura yo‘nalishi bo‘yicha qabul boshlanishi to‘g‘risida javob berishdi.

- Siz oldinroq xabar olgan bo‘lsangiz kerak – ikki mamlakat prezidentlari ishtirokida bizning rektorimiz JIDU - Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori bilan Kelishuv imzolagan edi. Ya’ni filial ochilishi 100 foiz aniq! Keyingi yildan boshlab ko‘rsatilgan ikkita dastur bo‘yicha qabul qilishni boshlaymiz. Hozircha magistratura, - dedi oliygoh matbuot xizmati rahbari Viktoriya Kalashnikova.

Institutda keyinroq O‘zbekistonda bakalavriat yo‘nalishi ham ochilishi mumkinligini inkor etishmadi.

Suhbatdosh Toshkentga ochilayotgan filialga nechta talaba qabul qilinishi masalasi hozircha muhokamada ekani va u haqda ma’lumotga ega emasligini bildirdi.

Ayni damda, MGIMO o‘qituvchilari O‘zbekiston hududida pullik master-klasslar o‘tkazishni boshlab yuborganini ko‘rish mumkin.

2018 yilning 19 oktabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putinning O‘zbekistonga tashrifi davomida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev bilan 2019-2021 yillarga mo‘ljallangan madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlik dasturi O‘zbekiston hududida Rossiya universitetlari¸ xususan MGIMO – Xalqaro munosabatlar bo‘yicha Moskva davlat instituti filialini ochishga oid kelishuvlarni imzolagan edi.

Rossiya hukumat vakillarining Toshkentga qilgan safari chog‘ida MGIMO rektori Anatoliy Torkunov va Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori Shuhrat Sirojiddinov o‘rtasida Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida talabalar almashinuvi, o‘zaro stajirovka, malaka oshirish va sinxronchi-tarjimonlarni tayyorlash dasturlari bo‘yicha kelishib olingandi.

Shuningdek, International House-Tashkent Akademik litseyi bilan hamkorlikda MGIMO litsey sinflarini va qator boshqa ta’lim dasturlarini ishga tushirishga kelishilgan edi.

XS
SM
MD
LG