Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 23:47

Mirziyoev Toshkentda DXX uchun maxsus qurilgan binoda ilk videoselektor o‘tkazdi (VIDEO)


Mirziyoev DXX yangi binosini borib ko‘rdi, 25 dekabr, 2018 yil. ("O‘zbekiston24" telekanali ko‘rsatuvidan olingan surat)
Mirziyoev DXX yangi binosini borib ko‘rdi, 25 dekabr, 2018 yil. ("O‘zbekiston24" telekanali ko‘rsatuvidan olingan surat)

Prezident Shavkat Mirziyoev 25 dekabr kuni Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) uchun maxsus qurilgan yangi binoda kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu Mirziyoevning yil boshidan beri boshdan-oyoq yangilangan DXX (sobiq MXX) tuzilmasi bilan o‘tkazgan ilk videoseletoridir.

«O‘zbekiston 24» telekanalining «Axborot 24» dasturida xabar qilinishicha, prezident 25 dekabr kuni prezident DXX uchun qurilgan maxsus binoga borgan.

Ko‘rsatuvda yangi bino oldidagi katta maydonda DXX maxsus kuchlari prezident uchun harbiy tayyorgarlik mashg‘ulotlari va texnikani namoyish qilgani aks etadi.

Rasmiy xabarda aytilishicha, xavfsizlik kuchlari bilan videoselektor yig‘ilishi oldidan prezident DXX maxsus bo‘linmalari harbiy xizmatchilari bilan suhbatlashgan va ularga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishgan.

Prezident matbuot xizmatining xabar qilishicha, kengaytirilgan yig‘ilishda Oliy Majlis palatalari rahbarlari, Prezident devoni vakillari, hukumat a’zolari, DXX shaxsiy tarkibi, vazirlik va idoralar rahbarlari qatnashgan.

Videoselektor orqali tadbirni Qoraqalpog‘iston, Toshkent shahri va viloyatlardagi mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, huquq-tartibot idoralari rahbarlari kuzatdi.

Rasmiy xabarda aytilishicha, prezident o‘z nutqida asosiy e’tiborni qayta tuzilgan tuzilmaning ishini yaxshilash, DXXning boshqa davlat idoralari bilan hamkorligini kuchaytirishga qaratgan.

Bundan tashqari, "qilmishiga chin dildan pushaymon bo‘lgani va yot g‘oyalardan to‘g‘ri yo‘lga qaytgani uchun jazoni o‘tash muassasalaridan ozod qilingan ekstremistik tashkilotlarning sobiq a’zolari va tarafdorlarini normal hayotga qaytarish" masalasini alohida tilga olgan.

Shu yilning 19 yanvarida Shavkat Mirziyoev, hokimiyatga kelganidan bir yil o‘tib, O‘zbekiston sobiq milliy xavfsizlik xizmati (MXX) - shu kundagi Davlat xavfsizlik xizmatini (DXX) ilk bor tanqid qilgandi.

Unga qadar bu struktura, marhum prezident Islom Karimov asos solganidan keyingi qariyb 30 yillik faoliyati, daxlsiz va o‘zgarishsiz qoldi.

Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumaniga borgan prezident Mirziyoev tuzilmani keskin tanqid qildi.

- Bular hali xalqning qadriga yetmagan. Bularga oylik berish¸ pogon berish (ga loyiq -tahr.) birorta ish qilgani yo‘q bular. Bularning o‘zining maxfiy ishi bor¸ bu maxfiy ishi menga bog‘liq. Man bilan gaplashsin endi oddiy hokimning orqasidan quvlab yurish (o‘rniga -tahr.) ¸ u zamon tugadi. Hokim mening vakilim. Nima emish¸ bitta noinsof¸ bitta rayonning SNBsini boshlig‘ining mashinasini obgon qipti hokimni mashinasi¸ borib uni qamab qo‘yipti. E¸ kimsan o‘zi san? Kim sanga bu vakolatni berdi? Sani pogoningni olib tashlayman kerak bo‘lsa! Bu zamon o‘tib bo‘ldi Surxondaryoda! - degan edi Ozodlik ixtiëriga yuborilgan audioyozuvda prezident jumladan.

Ana shu nutqida prezident tez orada MXXni tugatishini bildirgan va tuzilmaning 23 yillik raisi Rustam Inoyatov ham oradan 11 kun o‘tib, ishdan olingandi.

Shu yilning 14 martida esa prezident “O‘zbekiston Respublikasining davlat xavfsizligi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Shu hujjatga binoan sobiq Milliy xavfsizlik xizmati nomi "Davlat xavfsizlik xizmati", deb o‘zgartirilgan, 5 aprel kuni esa “Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida” qonun qabul qilindi.

XS
SM
MD
LG