Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 13:45

Oqdaryolik ayol uni kaltaklagan va videoga olganlar qattiqroq jazolanishini talab qilmoqda (VIDEO)


Fermer tomonidan kaltaklangan Feruza Ubaydullaeva
Fermer tomonidan kaltaklangan Feruza Ubaydullaeva

Samarqand viloyat, Oqdaryo tuman, Yangiobod mahallasida yashaydigan Feruza Ubaydullaeva ish beruvchisi - mahalliy fermerning ukasi uni yerga yotqizib qiynoqqa solgani, yalang‘och qilib yechintirgani, intim harakatlar qilmoqchi bo‘lgani, lekin sud ularga juda yengil jazo berganidan 28 dekabrda Ozodlikka shikoyat qildi.

Yangiqo‘rg‘on MFY raisi Ozodlikka Feruza Ubaydullaeva aytayotgan, 26 oktabrda sodir bo‘lgan voqeani o‘z ko‘zi bilan ko‘rganini aytdi.

Ubaydullaevaning kaltaklanishi yuzasidan tergov surishtiruvi olib borgan tergovchi da’vogarda qo‘shimcha ma’lumotlar paydo bo‘lgan bo‘lsa, ariza bilan murojaat qilishi mumkinligini bildirdi.

Оқдарёлик аёл уни калтаклаган ва видеога олганлар қаттиқроқ жазоланишини талаб қилмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:08:44 0:00
Бевосита линк

28 dekabr kuni Ozodlikka kelib tushgan videotasvirda bir erkak bir ayolni yuz tuban yotqizib, ustiga tizzasini qo‘yib qiynoqqa solayotgani aks etgan.

Ozodlikning aniqlashicha, bu voqea 26 oktabr kuni erta tongda dagi "Qum ota fermer xo‘jaligi" dalasida bo‘lib o‘tgan. Qiynoqqa solinayotgan ayol Feruza Ubaydullaeva bo‘lib, uning aytishicha, qiynayotgan erkak ish beruvchisi Ziyodillo O‘roqovning ukasi Ixtiyordir.

Оқдарëлик аëл фермер уни таҳқирлаганини иддао қилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:48 0:00

​"Fermer yil bo‘yi ishlatib, ish haqimni berishdan bosh tortdi"

Oqdaryo tumani Yangiqo‘rg‘on QFYning Yangiobod mahallasida yashaydigan, uch bolaning onasi 35 yashar Feruza Ubaydullaevaning Ozodlikka aytishicha, u og‘zaki shartnoma asosida yil davomida “Qum ota buva” fermer xo‘jaligi yerida eri bilan birga ishlagan, lekin fermer uni aldagan:

- Fermer Ziyodilla O‘roqov 15 gektar yerga semichka ektirdi. Biz shartnoma bilan o‘sha yerda ishladik. U ish haqi beraman degan edi. Semichkani yetishtirib ham berdik. Keyin bug‘doyning o‘rniga mosh ekib berdik. Endi ish haqimizni bering desak, yarmini berdiyu, yarmini bermadi. Qolganini berolmayman, bug‘doyni o‘rniga bo‘shagan yerga mosh ekib olinglar, dedi. O‘rtada nizo chiqdi.

"Prokuror yordamida ish haqimning yarmini oldim"

Ish haqini ololmagan Feruza Ubaydullaeva shundan so‘ng prokuraturaga murojaat qilganini aytadi:

- Prokuratura ish haqimizni yarmini undirib berdi. Fermer qolganini ana bir gektarga mosh ekinglar, o‘shandan chiqarib olasizlar, deb aytdi. Rais mana shu bir gektar sizlarniki deb, o‘zi ko‘rsatib bergan edi. Keyin biz paxta terdik. Mosh ham pishdi. 26 oktabr kuni kunduzi borib, o‘zimizga berilgan joydan bir arava mosh olib keldik. O‘sha kuni havo aynidi, yomg‘irda qolmasin deb erim bilan tong azon borib olib kelayotganimizda fermerning ukasi Ixtiyor va Baxtiyorlar bizni to‘xtatdi.

"Fermerning ukalari prokurorga yozganim uchun mendan qasd olishdi"

Feruzaning aytishicha, shundan so‘ng fermerning ukalari ularni o‘g‘rilikda ayblab, shafqatsiz kaltaklashgan:

- Ular menga sen akamni prokuraturaga yozib bergansan, mosh olib ketmaysan, mana buni olib ketasan, deb oldini ko‘rsatdi. Men ularga, sizlar bilan kelishmaganman, rais bilan kelishganman, hozir raisga telefon qilaman deb turganimda Ixtiyor qo‘limni qayirib telefonni olib qo‘ydi. Keyin ikkisi xo‘jayinimga yopishib, rosa kaltakladi. Xo‘jayinim ularning qo‘lidan zo‘rg‘a qutulib chiqdida, hozir uchatkovoyni olib kelaman, deb ketdi. Men ham uning ortidan ketayotsam, meni ushlab qolishdi.

"O‘zimni o‘ldiradigan darajagacha tahqirlashdi"

Feruza shundan so‘ng aka-ukalar uni tahqirlashganini aytadi:

- Ixtiyor degani meni yerga yotqizib, qo‘limni qayirib olib, ustimga tizzasini qo‘yib qiynay boshladi. Ko‘kragimni qo‘llari bilan ezg‘ilab, momataloq qilib tashladi. Boshimga va boshqa joylarimga tepib tashladi. Eng dahshatlisi oldini ochib, anavunisini chiqarib, og‘zingga olasan deb, yomon qiliqlar qildi. Keyin kiyimlarimni yirtib, yechib tashladi. Jon akalar unday qilmanglar, sharmanda qilmanglar deb yalinishimga qaramay, shunday qilishdi. Hatto nomusimga ham tajovuz qilmoqchi bo‘lishdi. Rosa masxara qilib, keyin ustivoshimni kiygizib, qo‘limni va oyog‘imni bog‘lab qo‘yishdi.

"Bog‘langan qo‘l oyog‘ini o‘zim yechdim"

Yangiqo‘rg‘on MFY raisi Turg‘un To‘raevning Ozodlikka aytishicha, u Feruza Ubaydullaevaning qo‘l-oyog‘ini uchastka noziri bilan voqea joyiga yetib kelgach, yechgan:

- Mosh o‘g‘risi qo‘lga tushdi, dedi. Borsak shu Feruza ekan. Oyoq-qo‘lini bog‘lab qo‘yishgan ekan. Qarasam, ahvoli yomon. Keyin o‘zim skoriy chaqirib, o‘zim kasalxonaga olib bordim. Lekin ularning janjalida kim haq ekanligini bilmayman. Prokuratura aralashganidan so‘ng, Feruzaning ish haqi mening guvohligimda fermerdan unga olib berilgan.

Fermer Ozodlik bilan gaplashishni istamayapti

Ozodlik ikki kun davomida “Qum ota buva” fermer xo‘jaligi rahbari Ziyodillo O‘roqov bilan bog‘lanishga harakat qildi. Ammo, u qo‘ng‘iroqlarga javob bermadi.

Sud va jazo

Ozodlikda nusxalari mavjud hujjatlardan anglashinilishicha, Ziyodillo O‘roqovning ukalari Baxtiyor, Ixtiyor O‘roqov va Feruza Ubaydullaeva hamda uning eri Sherxon Elbekovga nisbatan to‘plangan ma’muriy ish 4 dekabr kuni Oqdaryo tumani ma’muriy sudi majlisida ko‘rib chiqilgan.

Aka-uka O‘roqovlar O‘zbekiston Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 41-moddasi(haqorat qilish), 52-moddasi 2-qismi(yengil tan jarohati etkazish) bilan aybli deb topilib, eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida jarimaga tortilgan.

Sud qarorida, "O‘roqov Baxtiyor va O‘roqov Ixtiyorlar Ubaydullaeva Feruza bilan o‘zaro kelib chiqqan kelishmovchilik oqibatida janjallashib, uni har xil nojo‘ya so‘zlar bilan haqorat qilib, sha’ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitgan va qasddan urib, unga yengil tan jarohati yetkazgan"i yozilgan.

Feruza Ubaydullaeva va uning eri O‘zbekiston MJtKning 61 moddasi 1-qismi (oz miqdorda talon-taroj qilish) bilan ayblanib, ularga eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida jazo chorasi tayinlangan.

Qarorda, "Elbekov Sherxon va Ubaydullaeva Feruza "Qum ota buva" fermer xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan, har kilogrammi yetti ming so‘m bo‘lgan, jami 140 kilogram, umumiy qiymati 980 ming so‘mlik moshlarni o‘g‘irlab, oz-moz miqdorda talon-taroj qilgan", deb yozilgan.

Ma’muriy sud qarori
Ma’muriy sud qarori

"Men o‘g‘ri emasman, men ish haqimni olgan edim"

Feruza Ubaydullaevaning aytishicha, sud uni "vahshiylarcha kaltaklagan va ayollik nomusini tahqirlagan" aka-ukalarga nisbatan juda ham yengil jazo berganidan u norozi:

- Sudga aka-ukalar meni qiynagan videoni ular tarqatib yuborishibdi, o‘shani ham dalil sifatida topib ko‘ring, desam, sud deloda bu yo‘q deb otkaz qildi. Hozir aka-ukalar menga hech narsa qilolmaysan, hammasini og‘zini pul bilan yopganman, deb kerilib yuribdi. Ular uchun hamma narsa mumkinmi, men faqat o‘z ish haqimni olib kelayotgan edim. Men o‘g‘rilik qilganim yo‘q, men birovning haqini yeganim yo‘q. Nega sud bularni surishtirmadi, nega guvohlarni chaqirib, surishtirmadi? Boylar nochor kambag‘allar ustidan xohlagan ishini qilsa bo‘lar ekanmi? Mahallada bosh ko‘tarolmay qoldim, oilam oldida sharmanda qilishdi bular. Aka-ukalar agar shikoyat qilishdan to‘xtamasang, yalang‘och videolaringni ham tarqatib yuboramiz, deb menga bosim o‘tkazishyapti. O‘sha kuni uch-to‘rttasi videoga olayotganini eslayman.

"Ish sudga oshirilganda bu video yo‘q edi"

Bu voqea yuzasidan tergov surishtiruvi olib borgan Oqdaryo tumani ichki ishlar bo‘limi tergovchisi Aziz Nozimovning Ozodlikka aytishicha, surishtiruv davomida u bu videoni ko‘rmagan:

- O‘sha holat bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilganmiz. U video o‘sha paytda yo‘q edi. Sud shu qaror asosida ishni ko‘rib chiqib, qaror qabul qildi. Agar da’vogar tomonda qo‘shimcha ma’lumotlar paydo bo‘lgan bo‘lsa, marhamat, yana ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.

XS
SM
MD
LG