Линклар

Шошилинч хабар
15 ноябр 2019, Тошкент вақти: 12:55

Turkmaniston prezidenti yagona o‘g‘lini viloyat hokimining muovini etib tayinladi


Turkmanistonning avtoritar prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov o‘zining yagona o‘g‘lini janubi-markaziy Axal viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinladi.

37 yashar Serdar Berdimuhammedovning viloyat hokimining o‘rinbosari etib tayinlangani haqida 2 yanvarda hukumatning axborot sayti ma’lum qildi.

Bor yo‘g‘i to‘qqiz oy muqaddam Gurbanguli Berdimuhammedov o‘z o‘g‘lini tashqi ishlar vazirining muovini etib tayinlagan edi.

Axal viloyati Eron va Afg‘oniston hududlari bilan chegaradoshdir.

Viloyat markazi Aneu shaxri poytaxt Ashxaboddan 8 kilometr uzoqlikda joylashgan.

Yangi vazifaga tayinlangan Serdar Berdimuhammedov o‘zining parlamentda 2016 yildan buyon egallab kelayotgan o‘rnini saqlab qoladi, ammo tashqi ishlar vaziri muovini vazifasini bo‘shatib qo‘yadi.

Serdar Berdimuhammedov 2018 yil mart oyida tashqi ishlar vazirining muovini etib tayinlanar ekan ko‘pchilik otasi uni prezidentlikka tayyorlamoqda degan taxminlarni ilgari sura boshladi.

Parlament deputatligiga saylanishidan oldin Serdar Berdimuhammedov tashqi ishlar vazirligi axborot bo‘limi boshlig‘i edi.

61yashar Gurbanguli Berdimuhammedov gazga boy Turkmanistonni 2006 yildan buyon boshqarib keladi.

Hukumat tanqidchilari va inson haqlarini himoya qilish tashkilotlariga ko‘ra, Saparmurot Niyozov o‘limi ortidan hokimiyatga kelgan Gurbanguli Berdimuhammedov mamlakatda o‘zgacha fikrni batamom yanchib tashladi va sobiq prezident siyosatidan ko‘p narsani o‘zgartirgani yo‘q.

Prezident Berdimuhammedovning yana uch qizi va to‘rt nevarasi bor.

XS
SM
MD
LG