Линклар

Шошилинч хабар
11 май 2024, Тошкент вақти: 07:24

Asli o‘zbekistonlik Fransiya vatandoshi Toshkentda hibsga olindi


Toshkentda hibsga olingan Rahmat Turon
Toshkentda hibsga olingan Rahmat Turon

Asli o‘zbekistonlik Fransiya vatandoshi, 32 yashar Rahmat Sanaqulovich Turon Parijdagi O‘zbekiston elchixonasidan olingan turistik viza bilan O‘zbekistonga kelib¸ qaytayotgan paytda qo‘lga olindi.

Uni Toshkent aeroportida 4 yanvar kuni kuzatib qo‘ygan qarindoshining Ozodlikka aytishicha, “Rahmat Sanaqulovich chegaradan o‘tish paytida DXX tarafidan qo‘lga olinganligini telefonda ovozli maktub tarzida yuborgan” .

Ozodlikda bu ovozli maktub mavjud.

O‘zbekiston Respublikasi Transport prokuraturasining Toshkent aeroportidagi bo‘limi vakilining Ozodlikkka bildirishicha, “1987 yilning 11 mayida Qashqadaryo viloyat, Muborak tumanida tug‘ilgan To‘raev Rahmatilla Sanaqulovich O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 243- moddasi (Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) va 223-moddasida (Qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki O‘zbekiston Respublikasiga kirish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etishda gumon qilinmoqda. Gumondor maksimum 48 soat davomida Transport prokuraturasi tergov izolyatorida saqlanadi”.

Rahmat Turon yaqinlarining Ozodlikka bildirishicha¸ bu voqea haqida Fransiyaning Toshkentdagi elchixonasiga xabar berilgan.

Uylanish uchun kelgan edi

Rahmat Turonning Ozodlik bilan gaplashgan, ismi aytilishini istamagan qarindoshiga ko‘ra¸ u uylanish maqsadida O‘zbekistonga kelgan:

- Jizzaxlik 23 yashar qizga uylanish uchun yaxshi niyatda o‘tgan yilning 9 sentabrida O‘zbekistonning Parijdagi elchixonasida 30 kunlik viza olgan edi. Ana shundan keyin 26 dekabr kuni keldi. Toshkent aeroportida hech muammosiz o‘tdi. Uch kunlik registratsiya ham qilindi. Bemalol yurdi. Unashtirish marosimini o‘tkazdi. ZAGSga ariza berdi. Ammo ketayotganda muammo bo‘ldi.

O‘zbekistonning Parijdagi elchixonasi bergan viza
O‘zbekistonning Parijdagi elchixonasi bergan viza

Qarindoshining yana aytishicha¸ Rahmat Turonga u Qashqadaryo viloyat IIB tomonidan qidiruvga berilgani 4 yanvar kuni bildirilgan.

XS
SM
MD
LG