Линклар

Шошилинч хабар
24 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:48

Fransiyaga qaytish arafasida qo‘lga olingan To‘rabek Sano qo‘yib yuborildi


Toshkent xalqaro aeroportida 4 yanvar kuni Fransiyaga uchib ketayotgan paytda qo‘lga olingan To‘rabek Sano nomi bilan tanilgan o‘zbekistonlik Rahmat Turon 5 yanvar kuni qo‘yib yuborilgan. Unga 2006 yilda chegarani noqonuniy kesib o‘tgani uchun ushlab qolinganini aytishgan. Rahmat Turonning Ozodlikka aytishicha, 5 yanvar kuni Qashqadaryoning Muborak tumani Ichki ishlar bo‘limida unga nisbatan ochilgan jinoyat ishi yopilgan va qo‘yib yuborilgan.

Rahmat Turon 5 yanvar kuni Ozodlik bilan suhbatda Toshkent aeropotida qo‘lga olingach Qashqadaryo viloyati Muborak shahri Ichki ishlar bo‘limiga olib kelinganini aytdi.

- Menga nisbatan 2006 yilda chegarani noqonuniy kesib o‘tish bo‘yicha ish ochilgan ekan. O‘sha yili Qirg‘iziston orqali Fransiyaga ketgan edim. Hozir bu ish yopildi, meni esa qo‘yib yuborishdi, - dedi Rahmat Turon.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:17 0:00
Бевосита линк

Ijtimoiy tarmoqlarda To‘rabek Sano nomi bilan taniqli bo‘lgan Rahmat Turon bundan chamasi 10 kun oldin O‘zbekistonga yaqinlarini ko‘rishga kelgan.

Rahmat Turonning aeroportdan yaqinlariga yo‘llagan audiosida uni DXX "chegarani noqonuniy kesish" gumoni bilan qo‘lga olgani va Ichki ishlar vazirligi xodimlariga topshirganini aytgan.

- Tushunmovchilik bo‘lgan, hozir hammasi yaxshi. Hozir menga Fransiyaga uchish chiptamni tiklashga ham yordam berishmoqchi. Hammasi men kutgandan ham a’lo, - dedi Rahmat Turon.

Asli qashqadaryolik 31 yoshli Rahmat Turon 2015 yil O‘zbekiston fuqaroligidan chiqarilgan. U Fransiya fuqaroligini olgan.

O‘zbekistonning Parijdagi konsulligi unga 23 dekabrdan boshlab, 2019 yilning 23 yanvarigacha amal qiladigan bir oylik viza bergan.

XS
SM
MD
LG