Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 17:25

45 davlatdan borgan sayyohlar vizasiz, 76 davlatdan borganlar E-Visa bilan O‘zbekistonga kirishi mumkin


2019 yilning 1 fevralidan 45 davlat fuqarolari 30 kunlik muddatga O‘zbekistonga vizasiz kirishi mumkin bo‘ladi. Mahalliy nashrlarning xabar qilishcha, shuningdek, 2-3 ish kunida beriladigan elektron vizalar bilan mamlakatga qisqa muddatga sayohat qilish imkoni berilgan mamlakatlar soni ham 76 taga yetkazilgan.

Bunday o‘zgarishlar prezident Mirziyoevning "O‘zbekistonda turizmni tezkor rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmoniga binoan amalga oshirilmoqda.

Kun.uz nashri e’lon qilgan quyidagi jadvalda fuqarolari 30 kunga vizasiz kiritiladigan mamlakatlarning to‘liq ro‘yxati keltirilgan:

Kun.uz nashri chop etgan ro‘yxat
Kun.uz nashri chop etgan ro‘yxat

​Shu paytgacha, fuqarolari O‘zbekistonga 30 kunga vizasiz sayohat qilishi mumkin bo‘lgan mamlakatlar soni 18 ta edi.

Bundan tashqari, 76 mamlakat vatandoshlariga elektron viza olish imkoni ham beriladi.

Quyida fuqarolari 1 fevraldan elekron viza olishi mumkin bo‘lgan davlatlarning Gazeta.uz nashri e’lon qilgan ro‘yxati bilan tashishingiz mumkin:

- Antigua va Barbuda, Barbados, Beliz, Venesuela, Urugvay, Gabon, Jazoir, Misr, Qatar, Kuveyt, Grenada, Shri-Lanka, Dominikan Respublikasi, Iordaniya, Xitoy, Koreya Xalq-Demokratik Respublikasi, Gayana, Bahrayn, Butan, Kamboja, Marokash, Saudiya Arabistoni, Tailand, Tonga, Laos, Livan, Maldiv, Meksika, Boliviya, Bangladesh, Samoa, Birlashgan Arab Amirliklari, Albaniya, Angola, Vanuatu, Gana, Gvatemala, Gonduras, Hindiston, Kabo-Verde, Kamerun, Kiribati, Kolumbiya, Kosta-Rika, Kot-d'Ivuar, Kuba, Mavrikiy, Makedoniya, Marshallov Orollari, Nauru, Nikaragua, Palau, Panama, Paragvay, Peru, Seyshel Orollari, Senegal, Surinam, Trinidad va Tobago, Fiji, Filippin, Ekvador, El-Salvador, Sent-Vinsent va Grenadina, Sent-Lyusiya, Solomon Orollari, Bagam Orollari, Dominika Hamdo‘stligi, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Vьetnam, Ummon, Tunis, Nepal, Mikroneziya Federativ Shtatlari, Sent-Kits va Nevis, Yamayka.

Ayni paytda, O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziriligi, ayrim hollarda istalgan xorij davlati fuqarosi uchun 30 kunga beriladigan elektron vizani olishini cheklashi mumkinligidan ham ogohlantirmoqda.

Ma’lumki, 2018 yilning 15 iyulidan sayyohlar uchun O‘zbekistonga 30 kunlik muddatga elektron viza berish tizimi ishga tushirilgan edi.

Endilikda shu yilning 15 martdan boshlab, 30 kunlik muddatga ko‘p martali viza berish tizimi ham yo‘lga qo‘yilishi aytilmoqda.

Bunda xorijlik sayyohlar 35, 50 AQSh dollari miqdorida konsullik yig‘imini to‘lab, 30 kunga 2 martalik yoki ko‘p martalik elektron viza olishi mumkin bo‘ladi.

XS
SM
MD
LG