Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 01:33

Turon24 axborot agentligi faoliyati to‘xtatildi


Turon24 axborot agentligi binosi
Turon24 axborot agentligi binosi

Turon24 agentligi joriy yil 3 yanvarida yopildi, deb Ozodlikka xabar qildi Turon24 axborot agentligining ismi aytilishini istamagan muharrirlaridan biri.

Uning aytishicha, muxbir va boshqa xodimlar ular bilan tuzilgan shartnoma bekor qilingani haqida 6 yanvar kuni yozma ogohlantirilgan.

Turon24da yuzaga kelgan vaziyat to‘g‘risida agentlikning Facebook tarmog‘idagi rasmiy kanalida 7 yanvar kuni tushuntirish berildi.

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligida OAV sifatida ro‘yxatga olingan¸ 200 dan ziyod jurnalistni birlashtirgan nashrning Facebook tarmog‘idagi rasmiy kanalida 7 yanvar kuni “agentlik yopilgani” haqida tushuntirish berildi. Bu ochiqlamada Turon24 faoliyati moliyalanishi to‘xtatilgani” aytilgan va muassislar o‘zlarini “qo‘llab-quvvatlagan barchaga” minnatdorchik bildirgan.

Yangi formatda qayta ochiladi?

Turon24 o‘z bayonotida “Agentlik axborot uzatish formatlarini qayta ko‘rib chiqayotgani” haqida ham ma’lumot bergan.

Ozodlik suhbatlashgan Turon24 axborot agentligi muharrirlaridan birining aytishicha, bu “ehtimoliy kelajakda nashrning qayta tiklanishini” anglatadi:

- Ammo bu orzu xolos. Chunki moliyalash to‘xtadi. Balki, nashr o‘z formatini topib qayta moliyalashga erishsa, yana tirilishi mumkin.

To‘rt oy umr ko‘rdi

To‘rt oy umr ko‘rgan Turon24 o‘tgan yilning 8 sentabr kuni Toshkentdagi hashamatli «O‘zekspomarkaz» saroyida estrada yulduzlari va jurnalistlar ishtirokida taqdimot marosimi o‘tkazgan edi.

O‘sha kuni Turon24 vakillari “xalqqa tez va ishonchli xabarlar beradigan” agentlik bo‘lajagi haqida va’da berishgan edi.

Turon24 agentligi Siyosat bo‘limi mudiri Sardor Salim o‘zining facebokdagi sahifasida “Nashr millatning bir-biri bilan gaplashish imkonini yaratish uchun maydonga chiqdi”, deb yozgan edi.

Turon 24 agentligi Bosh muharrir o‘rinbosari - Dilshod Saidjonov nashr ochilgan kuni Ozodlik radiosiga bergan eksklyuziv suhbatida “Nashrimiz millatning barcha qatlamlariga shu jumladan muxolifatning konstruktiv takliflariga minbar”, beradi degan edi.

Ozodlik muxbirining Turon 24 nashrida cheklangan yoki “tabu” qo‘yilgan mavzular bormi? Prezident yoki boshqa mulozimlarni ham tanqid qilasizlarmi? degan savoliga suhbatdoshimiz “Bizda cheklov yo‘q”, deb javob bergan edi.

Ammo o‘tgan 4 oy ichida tahririyat e’lon qilgan bir nechta maqola¸ xususan, adabiyotshunos Ibrohim Haqqul va yozuvchi Nurilla Otaxonov bilan bilan suhbat nashrdan olib tashlangan.

Nashr sobiq muharririga ko‘ra¸ bu ikki maqola ularda shoir va siyosatchi Muhammad Solih ismi zikr qilingani bois “yuqorining buyrug‘iga ko‘ra” olib tashlangan.

Shuningdek, Turon24 agentligi shoir Rauf Parfi yubiley tadbirining bekor qilingani haqidagi xabarni nashr qilmaslikka haqida buyruq olishgan.

"Erkin so‘z" tajribasi

Ozodlik bilan suhbatlashgan nashr muharririga ko‘ra¸ Turon24 nashri boshqa nashrlardan farqli tarzda ijtimoiy-siyosiy muammolar haqida xolis va rasmiy Toshkent nuqtai nazaridan masofalangan axborot berishga “harakat qilgan”.

Uning yana aytishicha¸ marhum Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi Murod Muhammad Do‘st bilan suhbat “o‘zining ochiq va oshkoraligi bilan ajralib turgan”.

XS
SM
MD
LG