Линклар

Шошилинч хабар
12 декабр 2019, Тошкент вақти: 06:12

Qariyalar va konservativ odamlar feyk xabarlarni ko‘proq ulashadi


Chorshanba kuni e’lon qilingan hisobotda yozilishicha, Facebook ijtimoiy tarmog‘ida yoshi 65 dan o‘tgan hamda konservativ qarashlarga ega foydalanuvchilar yoshlarga yoki liberal qarashga egalarga solishtirganda ko‘proq yolg‘on xabarlarni bo‘lishadi.

Prinston hamda Nyu-York universitetlari tadqiqotchilari 2016 yilgi AQSh saylovlari ortidan o‘z postlari va ma’lumotlarini bo‘lishishga rozi bo‘lgan taqriban 1200 shaxsning tarmoqdagi postlarini o‘rganib chiqishgan.

Xususan, foydalanuvchilar bo‘lishgan linklar BuzzFeed kabi shirkatlar to‘plagan yolg‘on ma’lumotlarni bo‘lishuvchi manbalar ro‘yxatlari bilan solishtirilgan.

Tadqiqot natijalari Science Advances jurnalida chop etildi. Maqolada yozilishicha, tadqiqotda qatnashgan foydalanuvchilarning atigi 8,5 foizi feyk ma’lumot tarqatib turadigan saytlardan olingan materiallarni bo‘lishgan.

Ammo feyk xabarlarni asosan yoshi katta hamda konservativ siyosiy qarashlarga ega shaxslar bo‘lishishi kuzatilgan.

Siyosiy qarashlardan qat’i nazar, 65 yoshdan o‘tgan foydalanuvchilar 18-29 yoshdagilarga solishtirganda yetti marta ko‘proq yolg‘on xabarlarni post qilgan.

Tadqiqot mualliflari boshqa hech qanday demografik xususiyat bilan feyk xabar bo‘lishish o‘rtasida bog‘liqlik aniqlamagan. Ularning xulosa qilishicha, yoshi katta amerikaliklar onlayn manbalardagi xabarlarning ishonchliligini aniqlashni bilmasligi mumkin. Bundan tashqari, ushbu holat qarish xotiraga ko‘rsatadigan salbiy ta’sir bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, chunki qari odamlarda “haqiqat illyuziyalariga” qarshilik ko‘rsatish qobiliyati sustroq bo‘ladi.

Foydalanuvchilar siyosiy qarashlariga tayangan holda tahlil qilinganida, respublikachilar demokratlarga solishtirganda ko‘proq feyk xabarlarni bo‘lishishi, yolg‘on xabarlarni eng ko‘p bo‘lishadigan guruh konservativ qarashlarga ega shaxslar ekanligini kuzatilgan. Bu holat prezidentlik kampaniyasi davomida yaratilgan feyk xabarlarning aksari Trampni qo‘llab yozilgani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Tadqiqot mualliflari agar yolg‘on xabarlar Klinton haqida ko‘proq yozilganida, ko‘proq liberal qarashga ega shaxslar feyk xabar bo‘lishgan bo‘lardi, deya taxmin qilishgan.

Facebook o‘z platformasida ma’lumot manipulyatsiyasi hamda yolg‘on xabarlar tarqalishiga qarshi yetarlicha kurashmagani uchun tanqidga uchrab keladi.

Shirkat yetakchilari AQSh Kongressi oldida bergan ko‘rsatma berib, shaffoflikni va’da qilganidan keyin, saytda soxta hisoblarga hamda xorij davlatlarining boshqa davlatlarga ta’sir o‘tkazish kampaniyalariga qarshi kurash kuchaytirildi.

XS
SM
MD
LG