Линклар

Шошилинч хабар
13 декабр 2019, Тошкент вақти: 18:35

Mirziyoev yerni xususiylashtirish haqidagi farmonni imzoladi


Turar-joy uchun ajratilgan yer uchastkasi (illyustrativ surat)

O‘zbekiston rasmiy matbuoti prezident Mirziyoevning "Urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonini e’lon qildi. Ushbu hujjatga muvofiq, tez orada jismoniy shaxslarga uy-joy uchun ajratilgan yer uchastkasini "hukumat tomonidan belgilanadigan miqdorda pullik asosda" xususiylashtirib olishi uchun ruxsat beriladi.

Adliya vazirligi Telegram kanalida berilgan ma’lumotga ko‘ra, 2019 yilning 1 iyulidan O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga yakka tartibda uy-joy qurish va turar joyga xizmat ko‘rsatish uchun ajratilgan yer uchastkasini xususiylashtirish huquqi beriladi.

Bundan tashqari, yuridik shaxslar ham bino va inshootlari, sanoat infratuzilmasi ob’ektlari joylashgan yer uchastkalarini xususiylashtirishi mumkin bo‘ladi.

Farmonda aytilishicha, xususiylashtirish jarayonini boshlash uchun mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori lozim.

Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan xususiylashtirib olingan yer maydonlariga xususiy mulk maqomi beriladi va uning daxlsizligi qonun bilan kafolatlanadi.

"Xususiylashtirish faqatgina kadastr hujjatlari mavjud bo‘lgan holda hamda Hukumat tomonidan belgilanadigan miqdorlarda pullik asosda amalga oshiriladi", deyiladi Adliya vazirligi matbuot xizmati bergan xabarda.

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi to‘liq chop etgan farmon matnida, shuningdek, urbanizatsiya jarayonini faollashtirish bo‘yicha maqsadlar belgilangan.

Jumladan, mutlaqo yangi uy-joy siyosatini amalga oshirish asosida urbanizatsiya jarayonlarini faollashtirish, migratsiya jarayonlarini ma’muriy tartibga solish tizimini takomillashtirish orqali aholining qishloq joylaridan shaharlarga erkin harakatlanish uchun shart-sharoitlar yaratish vazifalari qayd etilgan.

Farmonda aytilishicha, Vazirlar Mahkamasi 2 oy ichida “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini kiritishi lozim.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasida 2030 yilgacha urbanizatsiyani rivojlantirish Konsepsiyasi ishlab chiqiladi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzurida Urbanizatsiya agentligi hamda Urbanizatsiyani rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi.

Shuningdek, yirik shaharlarga tutashib ketgan aholi punktlari inventarizatsiyadan o‘tkazilib, 2019 yil 1 noyabrigacha yo‘ldosh-shaharlarga aylantirish mumkin bo‘lgan aholi punktlarining ro‘yxati tuziladi.

"2019 yil 1 iyunga qadar xususiylashtiriladigan yer uchastkalari uchun tabaqalashtirilgan to‘lovlar miqdorlari, shuningdek, ularni to‘lash tartibini belgilovchi hukumat qarorini qabul qilsin", deyiladi farmonda.

Ushbu hujjat asosida esa Iqtisodiyot va sanoat vazirligi qoshida Urbanizatsiya agentligini tashkil etish ko‘zlanmoqda.

Yangi farmonga asoslangan holda mavjud Uy-joy kodeksi va Yer kodeksini o‘zgartirish uchun ushbu hujjatlarning yangi tahrirdagi loyihalari ishlab chiqiladi.

XS
SM
MD
LG