Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 15:45

Rossiyaning og‘ir yuk tashuvchi yangi fazo raketasi dvigatelida nuqson bor


Illyustrativ surat.
Illyustrativ surat.

Rossiyaning raketa dvigatellarini ishlab chiqaruvchi “Energomash” shirkati xodimlari chop etgan maqolada e’tirof etilishicha, Rossiyada ishlab chiqilgan og‘ir yuk tashuvchi “Angara-A5” fazo raketalarining dvigatelida nuqson bor.

Maqola mualliflariga ko‘ra, “Angara-A5” dvigatellarida kuzatilgan tebranish pirovardida raketani barbod qilishi mumkin.

2014 yili ilk bor sinovdan o‘tkazilgan “Angara-A5” raketasi “Proton-M” raketasini o‘rnini egallashi rejalashtirilgan. Bu raketalar Yer orbitasiga 20 tonnadan ko‘proq vazndagi yuklarni olib chiqishga qodir. Yangi raketani uchirish moslamasi 2021 yilda qurib bitiriladi.

Maqola mualliflariga ko‘ra, tebranishni bartaraf etish uchun maxsus klapan o‘rnatilgan, ammo ayrim holatlarda tebranish butunlay yo‘q bo‘lmagan.

Keyingi yillarda Rossiyaning fazo dasturi qator muammolarga duchor bo‘ldi. Jumladan, o‘tgan yilning oktabr oyida Qozog‘istondagi Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan Xalqaro fazo stansiyasiga (XFS) uchirilgan “Soyuz” raketasi start chog‘ida avariyaga uchradi. Raketa bortida XFSga yo‘l olgan “Roskosmos” kosmonavti Aleksey Ovchinin va NASA astronavti Nik Xeyglar omon qoldi.

“Proton-M” raketasi esa 2001 yil o‘z faoliyatini boshlaganidan beri 100 martadan ko‘proq uchirilgan bo‘lsa, ularning 10 foizi muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlandi. Bu esa Rossiya fazo dasturini isloh qilishga qaratilgan chaqiriqlarni kuchaytirmoqda.

XS
SM
MD
LG