Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:52

Yangiyo‘l kasalxonasining zaharli tutun purkayotgan o‘txonasi aholi shikoyati ortidan buziladigan bo‘ldi (VIDEO)


"Тиббий чиқинди шаҳардан четроқда ëқилса¸ яхши бўларди"
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:24 0:00

"Tibbiy chiqindi shahardan chetroqda yoqilsa¸ yaxshi bo‘lardi"

Yangiyo‘l tumani Tibbiyot birlashmasi bosh vrachi Shokir Kamolov Ozodlik bilan suhbatda kasalxonaning tibbiy chiqindilar yoqiladigan o‘txonasi atrof-muhitni ifloslantirayotgani va odamlar salomatligiga xavf solayotgan borasidagi aholi shikoyatlari ortidan buzilishini bildirdi.

Bu suhbat arafasida kasalxona atrofida yashovchi aholi vakillari tibbiy chiqindilarning zaharli tutunini hidlab yashashga majbur bo‘layotgani haqida Ozodlikka shikoyat qilgan edi.

Yangiyo‘l tumani Tibbiyot birlashmasi bosh vrachi Shokir Kamolov Ozodlik bilan suhbatda kasalxona o‘txonasidan havoga taralayotgan tutun inson salomatligi uchun zaharli ekanini e’tirof etar ekan, o‘txona shu yilning o‘zida buzilishini aytdi.

- Ishlatilgan shprits, perchatkalar, sistemalarni yoqadigan pech bu. Bilsangiz¸ tibbiy chiqindilar faqat yoqish yo‘li bilan yo‘q qilinadi. Bu shifoxona hududida joylashgan. Albatta¸ u yerdan chiqadigan tutun zaharli, chunki plastik yonadiku. Shu yilning o‘zida bu buziladi. Yurtboshimiz o‘tgan yil 5 yanvarda bu yerga kelganlar. O‘sha bo‘yicha bizda juda katta rekonstruksiya ishlari o‘tkazilayapti. Bu yil musor pechi buziladi va talabga javob beradigan quriladi, - dedi Kamolov.

Kasalxona atrofidagi uylarda yashovchi aholi kasalxonadan chiqayotgan zaharli tutunni hidlab yashashga majbur bo‘layotganliklari haqida Ozodlikka shikoyat qilgan edi.

Ular so‘zlariga isbot tarzida Ozodlikka video ham yo‘llashdi.

"Тиббий чиқинди шаҳардан четроқда ëқилса¸ яхши бўларди"
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:24 0:00

- Sil kasalliklarimi, VIChmi, shular uchun ishlatilgan shpritslar, sistemalar mana shu yerda yoqiladi. Tutuni to‘g‘ri meni uyimga boradi. Uyim bu yerdan 50 metr uzoqlikda. Mana shu tutunni hidlab yotishga majburmiz. Mo‘risi 100 metr bo‘lishi kerak o‘zi, lekin buniki 3 metr. Shuncha shikoyat qildik, eshitishmayapti, - dedi Ozodlikka kasalxona atrofida yashovchi aholi vakillaridan biri.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi e’lon qilgan ma’lumotga ko‘ra, mamlakatdagi 1170 ta davolash muassasalarida bir kunda 300 tonnaga yaqin tibbiy chiqindilar hosil bo‘ladi.

Tibbiyot chiqindilari esa atrof-muhit va uning deyarli barcha elementlari suv, havo, tuproq, oziq-ovqat mahsulotlarining ifloslanishi sababli aholi orasida nafaqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri, balki, bilvosita infeksion va noinfeksion kasalliklarning tarqalishi xavfini tug‘diradi.

Hozircha Ozodlik ixtiyorida mamlakat bo‘ylab boshqa tibbiyot muassasalarida bu xavfli chiqindilarning qanday yo‘q qilinayotganiga oid ma’lumot yo‘q.

XS
SM
MD
LG