Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:41

Magnitogorskdagi markaziy osiyoliklar yoppasiga tekshirilmoqda. Ushlanganlarning qiynoqqa solinayotgani aytilmoqda


Ikki oy oldin farzandlik bo‘lgan Husniddin Zaynobiddinov.
Ikki oy oldin farzandlik bo‘lgan Husniddin Zaynobiddinov.

Rossiyaning Magnitogorsk shahrida 31 dekabr kuni 10 qavatlik uy va marshrut taksisida yuz bergan portlash ortidan maxsus xizmat va politsiya ushbu voqeaga aloqadorlikda gumonlanayotganlarni hibsga olishni davom ettirmoqda.

Mazkur jarayonda Federal xavfsizlik xizmati (FSB) tomonidan ushlangan jalolobodlik 29 yashar Husniddin Zaynobiddinov, yaqinlari va himoyachilari iddaosicha, olti soat davomida qiynoqlarga solingan va qilmagan jinoyatlarni bo‘yniga olishga majburlangan.

Rossiya maxsus xizmatlari bergan qog‘ozlarga qo‘l qo‘ymagani aytilayotgan Zaynobiddinov¸ yaqinlariga ko‘ra¸ Qirg‘izistonga ekstraditsiya qilinishi mumkin.

Magnitogorskda oblavalar kuchaydi

Rossiyaning Magnitogorsk shahrida 31 dekabr kuni sodir etilgan portlashlardan so‘ng, mahalliy axborot vositalariga ko‘ra, shaharda yashovchi markaziy osiyoliklarni ommaviy ravishda ushlab¸ ularning hujjatlarini tekshirish boshlangan.

Xususan “Komsomolskaya pravda” nashri Magnitogorskda rossiyalik bo‘lmagan barcha marshrutka haydovchilari, “Grand”, “Zelyoniy rinok” bozorlari, qurilish ob’ektlarida mehnat qilayotgan O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston grajdanlari tekshiruvdan o‘tkazilganini xabar qildi.

Ayni paytda mahalliy politsiya rahbariyati bu reydlarning “ommaviy zachistka” emasligi, shunchaki “profilaktika ishlari” ekanini ta’kidlamoqda.

Matbuotga ko‘ra¸ 20 yanvar kuni Magnitogorsk shahrining barcha uchastkovoylariga o‘z hududlaridagi har bir kvartirani ko‘zdan kechirib chiqish buyurilgan.

Baza mediahoyihasi¸ 31 dekabr kuni Magnitogorskdagi marshrut taksisida portlaganlar shaxsi aniqlanganini xabar qildi .

Hozircha rasman tasdiqlanmagan ma’lumotga ko‘ra¸ kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan haydovchi Alisher Qayumov avtomashinada nobud bo‘lganlardan biridir.

Rossiya fuqaroligini olgan Qayumov¸ nashr iddaosicha¸ marshrutkachi Mahmud Jumaev va Almir Abitov ekani aytilayotgan shaxslar bilan birga Magnitogorskda portlab ketgan qo‘p qavatli binoda ijarada turganlikda gumonlanmoqda.

Qirg‘izistonlik qochqin qiynoqqa solingani iddao qilindi

Magnitogorskdagi oblavalar paytida politsiya tomonidan hibsga olinganlardan biri jalolobodlik 29 yashar Husniddin Zaynobiddinovdir.

Zaynobiddinov¸ 2010 yilgi Qirg‘izistondagi qonli voqealar va marhum Qodirjon Botirov uyushtirgan “noqonuniy mitingga” aloqadorlikda ayblanib, Bishkek tomonidan xalqaro qidiruvga berilganlardan biri.

U 16 yanvar kuni Magnitogorskda rafiqasi va ikki oylik go‘dagi bilan ijarada yashayotgan kvartira oldida FSB va politsiyachilar tomonidan hibsga olingan.

Ozodlik bilan suhbatda Halimaxon Zaynobiddinova politsiyaga olib ketilgan turmush o‘rtog‘ining olti soatli so‘roq davomida qiynoqqa solinganini aytadi.

- Uni 6 soatcha urishibdi rosa, qiynab. 17 yanvar kuni erta bilan uni ko‘rgandim – ahvoliga qarab bo‘lmaydi! Biz uni hamma melisaxonalarni istadik. UVDda o‘tirgan ekan. Ular menga telefon qilib, ovqat, noski-kiyimlarigacha so‘rashdi. “Olib boraman”, desam, “O‘zimiz olib ketamiz”, deb bitta militsiyasi keldi. Betlari ko‘kargan, ko‘zi qizarib ketgan, qo‘llari shishib ketgan, burni bir tomonga qiyshayib qolibdi, ko‘karib... “Nimaga bunday qilishdi sizni?” deb baqirvordim men, yig‘ladim. U menga “Baqirmang, men boraman, kartamda pulni olib, bolaga qarab turing”, dedi. Menga nima bo‘lgani qanday qiynaganini aytib berdi. “Olti soat qiynashdi, orqalarimga urib, ustimga g‘isht taxtlab, tok bilan urishdi. Tokni ulab qulog‘imga, kallamga, tok urishdi. O‘zimni yo‘qotib qo‘ydim, suv sepishdi”, dedi, deydi Halima.

Halima Zaynobiddinova¸ erining gapiga tayanib¸ maskadagi maxsus xizmat xodimlarining bu so‘roq va qiynoqlarni videotasvirga yozib olganini aytadi.

Husniddin 6 soat politsiya bo‘limida qiynoqqa solingani iddao qilinmoqda
Husniddin 6 soat politsiya bo‘limida qiynoqqa solingani iddao qilinmoqda

Erini qiynoqqa solgan organ xodimlari¸ suhbatdoshga ko‘ra¸ uni sodir etmagan jinoyatni bo‘yniga olishni majburlagan. Bu hujjatlarga qo‘l qo‘yishdan bosh tortgan Zaynobiddinovga nisbatan Magnitogorsk shahar Ordjonikidze tuman prokuraturasida “xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxsning hibsga olinishi” yuzasidan protokol tuzilgan.

Ozodlikka taqdim etilgan hujjatlarga ko‘ra, 2010 yilning 17 iyunida Jalolobod shahar sudi Qirg‘iziston Jinoyat Kodeksining 233, 299 va 174-moddalarida ko‘zda turilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanayotgan Husniddin Zaynobiddinovni qamoqqa olish to‘g‘risida sirtdan qaror chiqargan.

Magnitogorsk shahar 2-sonli tergov izolyatorida saqlanayotgan Husniddin Zaynobiddinov yaqin kunlarda Qirg‘izistonga ekstraditsiya qilinishi mumkin.

XS
SM
MD
LG