Линклар

Шошилинч хабар
12 ноябр 2019, Тошкент вақти: 23:08

Feysbuk Ukrainadagi saylov arafasida tashqi reklamani jiddiy nazorat qilmoqchi


Feysbuk ijtimoiy tarmog‘i Ukraina prezidenti saylovi arafasida bu mamlakat tashqarisidan sotib olinadigan raklamalarni taqiqlashini e’lon qildi. Saylov joriy yil bahorida bo‘lib o‘tadi.

Ushbu qaror ijtimoiy tarmoqning 2 milliard foydalanuvchisi orqali tarqatilayotgan soxta yoki chalg‘ituvchi axborotlardan noroziliklarga javoban amalga oshirayotgan ishlarining bir qismi bo‘ladi. Buni Kiev rasmiylari olqishlashi turgan gap.

Ukraina ko‘p yillardan beri Feysbuk ma’muriyatini Moskva ko‘magida amalga oshirilayotgani gumon qilinayotgan noto‘g‘ri axborot tarqatish kampaniyalaridan ogohlantirib keladi. Bunga Kievning G‘arb bilan yaqin hukumatiga ishonchsizlik uyg‘otish, Moskvaning Qrimni bosib olganini olqishlash va mamlakat sharqidagi bo‘lginchilarni qo‘llab-quvvatlashga da’vatlar kiradi.

Feysbuk 28 yanvarda joriy yilda Hindiston, Nigeriya, va Ukrainada bo‘lib o‘tadigan saylovlarni himoya qilishga oid iyun oxirigacha amalga oshiriladigan ishlari haqida bayonot berdi.

Ukraina prezidenti saylovi 31 martga belgilangan. Saylov ikkinchi turga qolishi ham mumkin. Chunki amaldagi prezident Petro Poroshenkoga 20 dan oshiq nomzod raqib bo‘lishi kutilmoqda.

Feysbuk ko‘rayotgan yangi choralar natijasida siyosiy reklama beruvchilar shaxsini tasdiqlashi kerak bo‘ladi. Kompaniyalar esa siyosat masalalariga oid reklamalari haqida odamlarga qo‘shimcha ma’lumot beradi.

Bu jamoatchilik qidirib topishi mumkin bo‘lgan arxiv yaratishni nazarda tutadi. 7 yilgacha saqlanadigan arxiv har bir reklamaning byudjeti, qamrovi hamda reklamani ko‘rgan kishilar demografiyasi, jumladan, ularning yoshi, jinsi va manzili haqida ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.

Feysbuk Ukrainadagi saylov oldidan ushbu chorani qachon joriy qilishi aniq emas. Ammo Ukrainaning axborot siyosati bo‘yicha vazir o‘rinbosari Dmitro Zolotuxin o‘tgan haftada Feysbuk rasmiylari bilan uchrashib, reklama masalalarini muhokama qilganini ma’lum qildi.

G‘arb razvedka xizmatlari va noto‘g‘ri tarqatilayotgan axborotni tadqiq qiluvchi ekspertlar rossiyalik hamkasblarini Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishiga oid ovoz berish jarayoni, AQShdagi 2016 yilgi prezident saylovi, shuningdek, Fransiyadagi prezident saylovi va Germaniyadagi milliy saylovga kiber-aralashuvda ayblamoqda.

Ekspertlar Feysbukning so‘nggi qarorini olqishlash barobarida bu qadam Rossiyaning noto‘g‘ri axborot tarqatishiga to‘liq to‘siq bo‘lishiga shubha bildirmoqda.

Feysbuk ma’muriyati oldinroq Feysbuk va Instagram platformalaridan yuzlab sahifalar, guruhlar va akkauntlarni o‘chirib tashlaganini xabar qilgan edi. Aniqlanishicha, ular sobiq sovet hududidagi foydalanuvchilarga mo‘ljallangan ikkita noto‘g‘ri axborot tarqatish bo‘yicha onlayn amaliyotning bir qismi bo‘lgan. Ularning aksariyatini Rossiyaning “Sputnik” axborot agentligi xodimlari yuritgan.

XS
SM
MD
LG