Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:54

Samarqandda ayol o‘z qizini zo‘rlab kelgan erini o‘ldirdi


O‘zbekistonda oilada janjal oqibatida er xotinini ona farzandlarini, ayol erini o‘ldirib qo‘ygani xolatlari haqida Ozodlik xabar bergan.
O‘zbekistonda oilada janjal oqibatida er xotinini ona farzandlarini, ayol erini o‘ldirib qo‘ygani xolatlari haqida Ozodlik xabar bergan.

Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida yashovchi ayol erini shisha idish bilan urib o‘ldirganlikda gumonlanmoqda.

Samarqand viloyati IIBsidan olingan ma’lumotga ko‘ra, voqea 26 yanvar kuni Paxtachi tumanining “Jahonobod” mahallasida ro‘y bergan.

O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 97-moddasi - Qasddan qotillik bandi bo‘yicha ayblanib, hibsga olingan ayol tergov davomida eri 18 yoshli katta qizini muntazam zo‘rlab kelganini da’vo qilgan.

Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi mulozimining Ozodlikka aytishicha, 27 yanvar kuni 48 yoshli erkakning turli joylariga shisha idish bilan jarohat yetkazilgan jasadi topilgan.

- Tergov tadbiri davomida ushbu jinoyatni 26 yanvar soat 22.00 larda E.O‘.ning turmush o‘rtog‘i, U.O‘. o‘z uyida sodir etgani ma’lum bo‘ldi. U erining yuziga shisha idish bilan urib, tepib jarohat yetkazgan. Hozir ayol qamoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, - dedi Samarqand IIBsi mulozimi.

Qotillik ro‘y bergan xonadon qo‘shnilaridan biri er-xotin orasida doim janjal bo‘lishini Ozodlikka aytdi.

- Nima desam sizga, o‘ta haromi odam edi. Har kuni ichib kelib, xotini va qizlariga doim ozor berar ekan. Bu qotillikdan keyin, har-xil gap so‘zlar chiqdi. Katta qizini zo‘rlab kelgan ekan. O‘sha kuni ichib kelib, kichkina qizini zo‘rlamoqchi bo‘lganida xotini ko‘rib qolib, o‘ldirgan, - dedi qotillik ro‘y bergan xonadon qo‘shnilaridan biri.

Paxtachi tumani IIBsining Ozodlik suhbatlashgan mulozimi ham tergov davomida ayol turmush o‘rtog‘i 18 yoshli katta qizini muntazam jinsiy zo‘rlab kelganini aytgan.

- U katta qizini doim jinsiy zo‘rlab kelgan ekan. 16 yoshli ikkinchi qizini ham zo‘rlamoqchi bo‘lgan ekan, ayol achchiq ustida butilka bilan urib o‘ldirgan. Lekin, hali tergov davom etyapti, - dedi IIB mulozimi.

O‘zbekistonda oilada janjal oqibatida er xotinini ona farzandlarini, ayol erini o‘ldirib qo‘ygani xolatlari haqida Ozodlik xabar bergan.

O‘tgan yil Xorazmda o‘z erini o‘ldirib, hovlisiga ko‘mgan ayol qo‘lga olingan edi.

2017 yil avgustida Samarqandning Toyloq tumanda esa er xotinini o‘ldirib, jasadini hali qurib bitkazilmagan do‘kon uchun tayyorlangan xonaning burchagida bir metr chuqur qazib, ko‘mgani haqda Ozodlik xabar bergan edi.

Xorazmning Shovot tumanida esa o‘tgan yil noyabr oyida 36 yoshli erkak o‘z turmush o‘rtog‘ini qishloq chekkasidagi dalaga olib borib, pichoqlab o‘ldirib, keyin ustiga benzin sepib yoqib yuborgandi.

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 2018 yilda oilaviy janjal oqibatida er xotinini, xotin erini o‘ldirgani bilan bog‘liq yetmishdan ziyod xolat qayd etilgan.

Shulardan 61 tasida er xotinini, 10 tasida esa, xotin erini o‘ldirgan.

XS
SM
MD
LG