Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:09

Angren, Olmaliq, Chirchiqni ta’mirlash va qayta qurish rejasi tasdiqlandi (VIDEO)


O‘zbekiston hukumati Olmaliq, Chirchiq shaharlarining 2035 yilgacha, Angren shahrining 2032 yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan bosh rejalarini tasdiqladi.

Hukumat qaroriga muvofiq, bu 3 shahar ta’mirlanadi va qisman qayta quriladi.

Adliya vazirligining Telegram kanalida berilgan xabarda tegishli qarorlarga asosan, shaharlarda energiya tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish yo‘li bilan suv ta’minoti, kanalizatsiya, elektr, gaz, issiqlik ta’minoti modernizatsiya qilinishi aytilgan.

Shuningdek, shahar hududidagi yer maydonida maqsadsiz foydalanish va noqonuniy qurilishlarni amalga oshirishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha qat’iy nazorat o‘rnatiladi.

Shaharsozlik qiyofasini shakllantiruvchi maydonlar, xiyobonlar va bog‘lar rekonstruksiya qilinadi va yangilari quriladi, shaharlarning atrof-muhitini muhofaza qilish tizimi ishlab chiqiladi.

Bu shaharlarda infratuzilmaning o‘ta eskirgani, ayrim hududlarda katta-katta turar-joy binolari vayrona ahvolga kelib qolgani, aholi yashayotgan punktlarda esa toza ichimlik suvi yetishmasligi, mahalliy hokimiyat organlari esa aholi shikoyatlarini e’tiborsiz qoldirayotgani haqida Ozodlikka shikoyatlar kelib turadi.

Quyida ana shu shikoyatlar asosida Angren shahridan hozirlangan videoni tomosha qilishingiz mumkin:

Ангрен - чиқиндиларга мағлуб бўлган шаҳар
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:23 0:00

XS
SM
MD
LG